Zamonaviy jinlash mashinalari
Oʻzbekistonda yangi zamonaviy paxta chigitidan tolani ajratish mashinalari
Paxtani dastlabki ishlashda, jinlash asosiy jarayonlardan biri xisoblanadi. Bu jarayonda paxtani tola va urugʻga ajratish jarayoni kiradi. Bu jarayonda quyidagi talablar saqlanishi yaʼni: chigitdan tola butunlay ajratib olinishi, ishchi qismlarni tolaga taʼsiri natijasida tola tarkibida xar xil nuqsonlarni xosil boʻlmasligi, letuchkalarni jindan chiqayotganda urugʻlar bilan aralashib ketmasligi, yuqori tozalash effekti taʼminlanganiligi ulik tola va iflos aralashmalarda, urugʻlarni tuksizlantirish jarayonini boshqarishga erishish xisoblanadi.
Bu sohada ilmiy metodologiyani yaratish hamda jin mashinasining ishchi qismlarini optimal modellashtirish orqali energiya effektivligini, resurstejamkorligini va tola sifatini saqlagan xolda samaradorlikni oshirish muhim masalalaridan biridir. Yuqorida keltirilgan ilmiy-tadqiqotlar yoʻnalishida bajarilayotgan ilmiy izlanishlar mazkur tadqiqot mavzusining dolzarbligini izohlaydi
Davlatimiz paxta tozalash korxonalarida asosan DPZ-180, 4DP-130, 5DP-130 rusumdagi arrali jinlari bilan jixozlangan. Bu jinlarning amaliy ekspluatatsiya jarayoni shuni koʻrsatadiki, ularning ish unumi pasportida koʻrsatilgan ish unumidan ancha past boʻlib, elektr energiya va resurs isteʼmoli juda yuqori, tola sifati oʻrta darajada.
Yaʼni asosan 4DP-130 va 5DP-130 jin mashinasining texnik pasportida tola ishlab chiqarish ish unumi 1 ta arraga 12 kg deb yozilsada bir nechta paxta tozalash zavodlarida oʻtkazilgan amaliy tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki ushbu jin mashinalarining tola chiqishi buyicha ish unumi 1 ta arraga 4-5 kg ga toʻgʻri keladi. Energiya sarfi juda katta boʻlib tola tarkibida kalta tola ulishi koʻpayib bormoqda. Bunday koʻrsatkichlar tola sifatini pasayishiga olib kelib mahsulot raqobatbardoshliligini kamayishiga sabab boʻlyapti.
SHuxrat Azizov tomonidan olib borilgan keng qamrovli tadqiqotlar asosida yuqorida koʻrsatilgan salbiy omillarni kelib chiqishiga sabab boʻluvchi asosiy uzellar, ishchi qismlar bu soxada yetakchi xorijiy texnologiyalar bilan taqoslanildi.
Natijada yangi texnologik yechimga ega, xorij va maxaliy texnologiyadan konstruktsiyasi bilan tubdan farq qiluvchi „Avtomatlashgan bir kamerali ikki tsilindrli resurstejamkor jin mashinasi“ Namangan muxandislik texnologiya instituti olimi Dotsent SHuxrat Mamatovich Azizov tomonidan avval tajriba nusxasi yaratildi. Ixtiro buyicha foydali modelga patent va 3 ta dasturiy taʼminotiga mualliflik guvohnomalari olindi
Tajriba nusxasida bir necha kiruvchi omillar variatsiya qilib sinov tajribalari oʻtkazildi va chiquvchi omillarni tahlil qilgan holda tola sifatini saqlab, ish unumdorligini oshirish imkoniyatini taʼminlab bera oladigan optimal parametrlari tanlab olindi. Oʻzbekiston Respublikasi Paxtasanoat ilmiy markazi AJ yetakchi mutaxasisslari va rahbarlari institutga taklif etilib ulardan tajriba konstruktsiyasini takominlashtirish boʻyicha professor N.Kamolov, professor Q.Jumaniyazov, professor R.Gulyaev hamda institutlardan yetakchi professor B. Mardonov, professor X.Axmedxodjaev, professor M.Xojievlardan maslahat va takliflar olindi
Ushbu taklif va oʻrganish natijalarini xisobga olgan holda avtomatlashgan jin mashinasini sanoat nusxasini yaratildi. Avtomatlashgan jin mashinasi analog jin mashinalaridan tolani sifatini saqlagan holda yuqori ish unumi, energiyatejamkorligi va yuqori xavfsizlikni taʼminlashi va jarayon avtomatlashag holda boshqarilishi bilan farq qiladi
Sanoat nusxasini sinov sozlash ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish maqsadida SHuxrat Azizov tadqiq qilinayotgan qismlarni yanada samarasini oshirish maqsadida shogirdlari Oybek Usmanov, Farxod Uzoqov va Mirsharoffiddin Mirzakarimovlar iborat ilmiy jamoa shakllantirdi va ular bilan muntazam ish olib bormoqda.
uz.wikipedia.org