ZAMONAVIY BESHKURASH



ZAMONAVIY BESHKURASH – sport ko’pkurashi. Ot ustida to’siqlardan o’tish, qilichbozlik (birinchi sanchguncha olishuv), pistoletdan o’q uzish (4 karra 20 tadan otish), suvda suzish (300 metrga erkin uslubda) va yengil atletika Krossi (4 kilometr masofaga) ni o’z ichiga oladi. Yuqoridagicha tartibdagi musobaqalar 5 kun mobaynida — bir kunda bittadan tur bo’yicha o’tkaziladi. Sport amaliy mashqlari bo’yicha kompleks musobaqalar qadimgi zamonlardan ma’lum (Masalan, Yunoniston Olimpiya o’yinlaridagi pentatlon — “pent” — besh, “Atlon” — kurash). Zamonaviy beshkurash 19 asr 2-yarmida Shvetsiyada paydo bo’lgan. 1948 yildan shu nomda. Xalqaro Zamonaviy beshkurash va biatlon uyushmasi (UIPMB, 1948 yil tuzilgan) ga 70 dan ziyod mamlakat a’zo. O’zbekiston 1991 yilda qabul qilingan. 1912 yildan Olimpiya o’yinlari dasturiga kiritilgan. 1949 yildan jahon birinchiligi o’tkazib turiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz