Zamira Sidikova




Zamira Sydykova (qirg'iz va rus. Zamira Sydykova; 1960-yilda tug'ilgan) muxolifat jurnalist sifatidagi faoliyatidan so'ng, chunonchi, o'sha paytdagi prezident Asqar Akayev hukumati tomonidan qamoqqa olingandan so'ng esa 2005-yildan 2010-yilgacha esa Qirgʻizistonning AQSh va Kanadadagi elchisi sifatida faoliyat yuritgan. Bundan tashqari, u 2010-yilgi Qirgʻiziston inqilobidan soʻng, elchi Sidiqova Vudro Vilson nomidagi Xalqaro olimlar markazi Kennan institutida savdo maslahatchisi, olim, Karnegi jamgʻarmasi bilan hamkorlikda ish yuritgan, shuningdek, Res Publica gazetasiga (Wayback Machine saytida 2022-05-03 sanasida arxivlangan) muharrirlik faoliyatini davom ettirgan. Elchi Sidiqova Xalqaro Ayollar Media Jamg'armasi, Human Rights Watch va Amnesty Internationalning mukofotlariga sazovor bo'lgan.

Hayoti va ta'limi



Sidiqova 1960-yilda Qirgʻiziston poytaxti Frunze (hozirgi Bishkek) shahrida tavallud topgan. Sidiqova Moskva davlat universitetining jurnalistika fanlari magistri (1986) va Qirgʻiziston Milliy universitetining tilshunoslik va adabiyot bakalavriati (1981) tahsil olgan.

O'qituvchilik va jurnalistika



1986-yilda oʻqishni tamomlagan Sidiqova Qirgʻiziston Milliy universitetida jurnalistika fakultetida dars berishni boshlagan.

1988-yilda Sidiqova mashhur "Komsomolets Kirgizii " gazetasida muxbir bo'lib ishladi, Sovet Kommunistik partiyasi yoshlar qanotining mahalliy organi - Komsomol da faoliyat olib bordi.

1992-yilda Qirgʻiziston mustaqillikka erishgandan so'ng, davlatdagi birinchi mustaqil gazeta – Res Publica (Wayback Machine saytida 2022-05-03 sanasida arxivlangan) (“Respublika”) ga asos soladi va bosh muharrir sifatida matbuot erkinligi va ochiq jamiyat konsepsiyasini ilgari surish uchun kurash boshlaydi.

Hokimiyatning Res Publica kompaniyasini yopish kampaniyasi 1993-yilda boshlanadi. 1995-yilda Sidiqova prezident Asqar Akayevning chet eldagi bank hisoblari haqida hisobot bergani uchun tuhmat qilganlikda ayblanadi. Natijada unga 18 oyga jurnalist sifatida ishlash taqiqlangan. 1997-yilda u oltin qazib oluvchi davlat kompaniyasida korrupsiyaga oid maqolalar chop etgani uchun jinoiy tuhmatda ayblanadi. Jurnalist uch oylik mehnat lagerida boʻlganidan keyin esa u ozodlikka chiqariladi, ammo unga yana 18 oy ishlash taqiqlandi. 2000-yilda Res Publica va Sidiqova yana tuhmatda aybdor deb topilishadi. Olingan jarimalar esa yillik byudjetga teng edi. Res Publica gazetasi esa bir necha oy davomida yopilishga majbur bo'ladi. Xalqaro Ayollar Media Jamg'armasining moliyaviy mukofoti - Jurnalistikadagi jasorat mukofoti unga nashrni qayta boshlash imkonini beradi.

Sidiqova mukofotni olgach, o'sha paytdagi Time Warner prezidenti Richard Parsons (ishbilarmon) shuni ta'kidladi-ki:

“Res Publica taqdiri Qirgʻiziston taqdirini oʻz ichiga oladi, ammo bu bilan tugamasligi aniq. Menimcha, biz bu masalada aniq qarorda bo'lishimiz kerak. Zamira Sidiqova kabi jurnalistlarning hamisha xavfli koʻpincha yolgʻiz kurashi taqdirimiz hamma joyda, kim boʻlishidan qat’i nazar, odamlarning asosiy inson huquqlarini ta’minlash bilan bogʻliqdir, deb hisoblagan har bir kishiga tegishlidir”[2]

Lola inqilobi Akayevni agʻdarganidan soʻng, prezident Qurmanbek Bakiyev uni Qirgʻiziston Respublikasining AQSh va Kanadadagi elchisi etib tayinladi. Besh yillik faoliyati davomida Sidiqova Qirgʻiziston va AQSh oʻrtasidagi siyosatni boshqara oladi, Qirgʻiziston esa Afgʻonistondagi urushda muhim ittifoqchi boʻlib, mintaqada va undan tashqarida qoʻshinlar va manbalar uchun asosiy markaz boʻlib xizmat qilgan. Sidiqova prezident Jorj Bush, Prezident Barak Obama, Davlat kotibi Kondoliza Rays va Hillari Klinton kabi yetakchi siyosatchilar va rasmiylar bilan hamkorlik qiladi. Bundan tashqari, u Qirgʻizistonni ko'p tomonlama institutlar, AQSh Kongressi, Kanada hukumati, biznes tashkilotlari va madaniy guruhlarning kun tartibida saqlab qoldi.

Lola inqilobi va elchi



Lola inqilobi Akayevni agʻdarganidan soʻng prezident Qurmanbek Bakiyev Sidiqovani Qirgʻiziston Respublikasining AQSh va Kanadadagi elchisi etib tayinladi. Besh yillik faoliyati davomida Sidiqova Qirgʻiziston va AQSh oʻrtasidagi siyosatni boshqargan, Qirgʻiziston esa Afgʻonistondagi urushda muhim ittifoqchi boʻlib, mintaqada va undan tashqarida qoʻshinlar va materiallar uchun asosiy markaz boʻlib xizmat qilgan. Sidiqova prezident Jorj Bush, Prezident Barak Obama, Davlat kotibi Kondoliza Rays va Hillari Klinton kabi yetakchi siyosatchilar va rasmiylar bilan hamkorlik qilgan. Bundan tashqari, Sidiqova Qirgʻizistonni ko'p tomonlama institutlar, AQSh Kongressi, Kanada hukumati, biznes tashkilotlari va madaniy guruhlarning kun tartibida saqlab qoldi. Sidiqovaning elchilik faoliyati davomida erishgan yutuqlari quyidagilardan iborat:

2010-yilgi Qirgʻiziston inqilobidan keyin Sidiqova elchi lavozimi almashtirildi.

Elchi lavozimidan keyingi martaba



2010-yilda Sidiqova Vudro Vilson markazida stipendiyaga ega bo'ldi va Al-Farabiy nomidagi Karnegi dasturining Markaziy Osiyo boʻyicha (Karnegi jamgʻarmasi bilan) hamkori boʻlgan. Bundan tashqari, Sidikova Discovering Eurasia boʻyicha katta maslahatchi (u yerda Supre Fuel va Theodore Willi Inc. bilan loyihalarda ishlagan) va Hussar&Co. va Adilet kompaniyalarida maslahatchi boʻlgan. 2015-yilda esa Sidiqova yana Res Publica bosh muharriri bo'ldi.

Nashrlar




Mukofotlari




Sidikovaning aʼzoliklari:

Shuningdek




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz