Zamira Ismoilovna Usmonova




Zamira Ismoilovna Usmonova – oʻzbek arxeologi va Oʻzbekiston Milliy universitetining arxeologiya fakultetini tugatgan birinchi ayol. Markaziy Osiyodagi kamyob ayol arxeologlardan biri hamda uning tadqiqotlari va izlanishlari Marv shahrining Erk-Qal'a shahrini aniqlashga imkon bergan. Uning Markaziy Osiyo arxeologiyasi va sanʼati tarixiga oid 150 ga yaqin ilmiy nashrlari bosmadan chiqaan.

Yoshligi



Usmonova Samarqand shahrida tug'ilgan. Ammo u oilasi bilan Turkmanistonda yashagan, lekin 1948-yilda Ashxoboddagi zilziladan keyin oila Toshkentga koʻchib oʻtadi.

Ta'lim va martaba



Usmonova 1950-yilda Toshkent davlat universitetining tarix va arxeologiya fakultetiga Mixail Evgeniyevich Masson rahbarligida tahsil olgan. Oʻqish paytida u “Ilmiy toʻgarak”ning faol aʼzosi boʻlib, ilmiy rahbari Masson topshirigʻi bilan Svetlana Lunina bilan Toshkent viloyatidagi bir qancha yodgorliklarni koʻzdan kechiradi, tadqiqotlar eʼlon qilingan. Shuningdek, u Masson boshchiligidagi Janubiy Turkmaniston koʻp tarmoqli arxeologik ekspeditsiyasi (YuTAKE) tomonidan tashkil etilgan arxeologik qazishmalarda ham ishtirok etgan.

Aspiranturada muvaffaqiyat qozonganidan keyin, u o'qituvchi sifatida ishga qabul qilinadi va u yerda tarix, arxeologiya va sharqshunoslik kurslaridan dars bera boshladi. Usmonova oʻqituvchi sifatida Afrika va Yaqin Sharqdan kelgan xalqaro talabalarni Oʻzbekiston, Markaziy Osiyo va Kavkaz arxeologiyasi boʻyicha bilimlarni oshirishlari va tadqiq qilishlari uchun tayyorlagan.

Usmonova Kesh viloyati Shahrisabz shahridagi uylari va arxeologik yodgorliklarida tarixiy asarlar boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullangan. YuTAKE bilan birgalikda u 1969-yilda dissertatsiya mavzusiga aylangan Marv, Erk-Qal'aning qadimiy manzilgohi arxeologiyasini o'rganadi.

1981-1992-yillarda Toshkent Davlat universiteti Oʻrta Osiyo arxeologiyasi kafedrasi mudiri sifatida faoliay yuritadi. Usmonova arxeologiya kafedrasiga rahbarlik qilgan paytida Erkqal’a oʻrnida qazish ishlari olib bordi, Marvning qadimiy (shaharlashuv) urbanizatsiyasini ochib, uning qadimiy yoshini aniqladi. Ushbu muvaffaqiyati uchun YuNESKO Usmonovani o'zbek arxeologi Galina Pugachenkova bilan bir qatorda tan oladi.

1990-yillarda Usmonova Amir Temur tugʻilganShahrisabzning yoshini aniqlash uchun bir qancha qazishma ishlari olib bordi. 1997-yilda Kesh hududida oxirgi bronza va ilk temir davrining o'rganish obyektiga aylanadi. Topilgan arxeologik materiallar, shuningdek, uning tarixiy Kesh shahri ekanligini aniqlash natijasida shaharning qadimiy yoshi aniqlanadi va 2002-yilda esa uning 2700 yilligi nishonlandi.

Usmonova 1996-yilda nafaqaga chiqquniga qadar Toshkent davlat universitetining tarix fakultetida ishlaydi. U nafaqada boʻlishiga qaramasdan, ilmiy anjumanlarda qatnashib kelmoqda.

Tanlangan nashrlar




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz