Zamira Halimova
Zamira Yusupovna Halimova (1965-yil 9-yanvar, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Biografiyasi
Zamira Halimova 1965-yil 9-yanvar Oʻzbekiston SSRda tugʻilgan. 1988-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan. 1998—2002-yillarda London universitetiga qarashli Muqaddas Varfolomey klinikasida doktorantura yoʻnalishida ilmiy stajirovkada boʻlgan. 1996—2002-yillarda respublika Endokrinologiya ilmiy tekshirish instituti „Neyro endokrinologiya“ laboratoriyasi katta ilmiy xodimi, 2005—2009-yillarda mazkur laboratoriya mudiri, 2009-yildan respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi „Neyroendokrinologiya va gipofiz jarrohligi“ ilmiy boʻlimi mudiri va 2017-yildan markaz direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari.
Ilmiy faoliyati
1994-yilda „Nevrologiya“ mutaxassisligi boʻyicha „Geliogeofizik omillarning miya insultlari kelib chikishi va kechishiga taʼsiri“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2000-yilda „Gipofiz adenomalari, ularning zamonaviy tashxisi, davo usullari“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. 2000-yildan tibbiyot fanlari doktori. 2003—2006-yillarda Oʻzbekiston endokrinologlari assotsiatsiyasining kotibi, 2017-yildan hozirgi vaqtga qadar shu assotsiatsiya raisining oʻrinbosari, 2007-yildan „Oʻzbekistonda diabet holati“ tibbiy jurnalining muharriridir. „Sogʻliqni saqlash aʼlochisi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan. Zamira Halimovaning ilmiy yoʻnalishi gipofiz, buyrak usti bezi oʻsmalari, ularning genetik asoslari, tarqalishi, respublika miqyosida zamonaviy davo usullari tadqiqotiga qaratilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org