ZAMINDO’ZI
ZAMINDO’ZI — zardo’zlikda tikish usuli. Bezatiladigan buyum yuzasi (guli va zamini) kashta bilan sidirg’a qoplab tikiladi. Bunda kashta to’g’ridan-to’g’ri matoga yoki mato ustidagi to’shama (Siddiy) ustidan zar, kumush yoki ipak iplar bilan tikiladi. Zamindo’zida mayda handasiy shakllar (“Chashmi bulbul”, “Chordarchor”, “Shashxol”, “Sambusa” va boshqalar), diagonal va zigzag yo’llar (“Mavji yakro’ya”, “Mavji duro’ya”, “Mavji chashmi bulbul” va boshqalar) hosil qiladigan bezak choklardan foydalaniladi. Zamindo’zida badiiy an’analar, zardo’z ustaning mahorati namoyon bo’ladi. Zamindo’zi 19-asrda saroy amaldorlarining kiyimlarini tayyorlashda keng qo’llanilgan. Hozir Zamindo’zi, asosan, guldo’zi usulida bezatiladigan buyumlarning ayrim bo’laklarini tikishda ishlatiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz