ZAMINDAVOR



ZAMINDAVOR, Zamindaver, Zamindovar — o’rta asrlarda Xurosondagi viloyat. G’ur va Bust viloyatlari oralig’ida joylashgan. Zamindavor orqali Hirotdan Hindistonga boradigan yo’l o’tgan. 10 asrdayoq Zamindavor g’uriylar va xalajlar bilan chegaradosh mulk sifatida mashhur bo’lgan. Zamindavor aholisi o’zlarining jangovar ekanliklari bilan shuhrat qozonganlar. Mahmud G’aznaviy G’urga Zamindavordan bir necha bor yurishlar uyushtirgan. Mahmud ibn Vali (17 asr) Zamindavor mustahkam va olib bo’lmas qal’a ekanligi, unda g’alla va mevalar mo’l-ko’l va arzonligini yozgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz