Zamin sayyorasi




„Zamin sayyorasi“ , toʻliq nomi „Zamin sayyorasi: Poema va sheʼrlar“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 2014-yil Toshkent shahrida „Yangi asr avlodi“ nashriyotida chop etilgan. Toʻplam asosan muallifning „Tirik sayyoralar“ (1978) hamda „Sharqiy qirgʻoq“ (1980) sheʼriy toʻplamlariga kiritilgan sheʼrlaridan iboratdir. Toʻplamga „Koʻhinur“ dostonidan parcha hamda „Ruhlar isyoni“ dostoni kiritilgan.

Toʻplam soʻngsoʻzini Ibrohim Gʻofurov yozgan. Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Feruza Quvonova – muharrir, Uygʻun Solihov – badiiy muharrir, Surayyo Ahmedova – texnik muharrir, Feruza Botirova – sahifalovchi, Muhabbat Mengnorova – musahhih. Kitob adadi – 5 000 nusxa.

Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz