Zambaklar guldastasi soati (Fabergé tuxumi)




Zambaklar guldastasi soati tuxumi (yoki Madonna nilufar soati tuxumi) 1899-yilda rus zargari Peter Carl Fabergé nazorati ostida podshoh Nikolay II uchun tayyorlangan marvaridli Pasxa tuxumidir. Podshoh Nikolay II Zambaklar guldastasi soati tuxumini rafiqasi Alexandra Feodorovnaga Pasxa sovgʻasi sifatida tortiq qilgan. Hozirgi kunda Zambaklar guldastasi soati tuxumi Moskvadagi Kreml qurol-yarogʻ muzeyida saqlanadi. Zambaklar guldastasi soati tuxumi Rossiya inqilobidan keyin hech qachon sotilmagan bir necha imperator Fabergé tuxumlaridan biri hisoblanadi.

Dizayni



Zambaklar guldastasi soati tuxumi katta Fabergé tuxumlaridan biridir. Tuxum shaklidagi soat va uning to‘rtburchak shaklidagi poydevori shaffof emal bilan qoplangan. Soat tanasi olmos bilan bezatilgan chiziqlar bilan tasvirlangan oʻn ikki qismga boʻlingan. Tuxumning perimetri boʻylab aylanadigan siferblat kamari oq rangda sirlangan boʻlib, olmoslar yordamida oddiy soatlardagi kabi oʻn ikki rim raqamlari oʻrnatilgan. Soatlar vaqtlari chizilgan kamondagi oʻqning boshiga oʻxshash olmosli soat mili bilan koʻrsatilgan. Qoʻl harakatsiz asosga oʻrnatilgan. Rangli oltin asosning oʻzi rozetlar bilan bezatilgan va uning ishlab chiqarilgan sanasi (1899) olmoslar yordamida bezatilgan. U har ikki tomonda qoʻshimcha tayanch boʻlib xizmat qiluvchi qizil rangdagi oltin oʻramlari boʻlgan vaza sifatida yaratilgan. Mexanizmni oʻrash uchun oltin kalit ishlatilgan.

Soat asosi Madonna zambaklarining guldastasi bilan bezatilgan. Gullarning pistillari uchta kichik olmoslar bilan oʻrnatiladi va barglari va poyalari oltindan yasalgan. Zambaklar guldastasi soati tuxumi oʻsha paytda yaxshi maʼlum boʻlgan gullar yordamida tayyorlangani. Gullar ham ramziylikni ifodalaydi. Masalan,atirgullar sevgi timsoli, zambaklar esa poklik va aybsizlik ramzi edi.

Oʻziga xos xususiyati



Zambaklar guldastasi soati tuxumining oʻziga xos belgisi atirgulli olmos marjon hisoblanadi. Lekin hozi u yoʻqolgan.

Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz