ZAMAXSHAR, Zmuxshir, Zumukshir — Xorazmdagi qadimgi shahar, ba’zi ma’lumotlarga ko’ra qishloq; Mahmud ibn Umar Zamaxshariy vatani. Hozirgi Turkmanistonning Toshhovuz viloyati taxta tumanidagi qishloq o’rnida bo’lgan. Zamaxshar Arab geografi Muqaddasiy asarida shunday ta’riflangan: “… uncha katta bo’lmagan qishloq, unda devor, xandaq, qamoqxona, temir bilan qoplangan darvozalar, har kecha ko’tarib qo’yiladigan ko’priklar bor. Uni katеa yo’l kesib o’tadi; jome masjidi chiroyli. U bozorning chetiga joylashgan”. V.V. Bartold fikricha, Zamaxshar Xivadan 80, Ko’hna Urganchdan 125 chaqirim keladigan Zumukshir xarobalari o’rnida bo’lgan. Turkmanlar uni Izmixshir deb atashgan. Zamaxshar xarobalarini M.V. Voyevodskiy (1934), Ya. G’ulomov (1936), S.P. Tolstov (1938) boshchiligidagi ekspeditsiyalar tekshirgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish