ZALVAR MASSA, maxovik — po’lat yoki cho’yandan yasalgan katta gardishli g’ildirak. Porshenli dvigatellar, kompressorlar, nasoslar va boshqa mashinalarning yetakchi valiga, valning bir tekisda aylanishini ta’minlash uchun o’rnatiladi. Zalvar massa aylanuvchi tizimning burchak tezligi oshgan paytdagi kinetik energiyani to’playdi (akkumulyatsiyalaydi), burchak tezlik pasaygan paytdauni valga beradi. Bulardan tashkari Zalvar massa porshenli dvigatellarda porshenning chekka holatlar (yuqorigi va pastki) ni yengib o’tishga imkon beradi. Inersion dvigatellarda Zalvar massa yig’gan energiyadan mashinani yurgizib yuborishda foydalaniladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish