ZALILIY (taxallusi; asl ism-sharifi Muhammad Sodiq) (taxminan 1674, Yorkent —?) — uyg’ur shoiri. Uyg’ur adabiyotida realizm asoschilaridan. Yorkentdagi madrasada tahsil olgan. Arab va fors tillarini o’rgangan. Bizgacha bitga to’plami yetib kelgan. Unga “Safarnoma” (1720), “Tazkirai chistoy” (1736), “Tazkirai Muhammad Sharif Buzurugvor” (1744) kabi dostonlar hamda 2 qasida, 133 g’azal, 19 muxammas, 26 ruboiy, 5 Mustahzod va fors tilida yozilgan 46 g’azali jamlangan. Asarlarida vatanparvarlik va xalqparvarlik ruhi yetakchilik qiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish