ZAHONA — Ko’hitang tizmasidagi dovon, Surxondaryo viloyatining Janubi g’arbida, Sherobod tumani hududida, O’zbekiston Respublikasi va Turkmaniston chegarasida joylashgan. Eng baland joyi 3016 metr. Zahonaga may—noyabr oylarida Kampirtepasoy vodiysi bo’ylab o’tgan so’qmoq yo’l orqali piyoda yoki otda borish mumkin. Zahonaga boradigan so’qmoq yo’l atroflari archazor o’rmonlar bilan qoplangan. Qishda dovon qalin qor bilan qoplanib yotadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish