Zaharlarning sinflanishi
Xalq xo‘jaligi va maishiy xizmatda ishlatiladigan kimyoviy moddalarning miqdori nihoyatda ko‘p. Ularning biologik ta’sir xususiyatlari turli tuman bo‘lib, zaharlar turli sabablarga ko‘ra turli sinflanishlarga bo‘linadi.
Zaharlarning kimyoviy sinflanishi:
a) organik birikmalar (alifatik uglevodorodlar, spirtlar, efirlar, aldegidlar, ketonlar, yog‘ kislotalari, galogenli va aromatik uglevodorodlar).
b) element organik birikmalar (FOS lar, xlororganik, simoborganik va boshqalar)
v) noorganik birikmalar (P, Cl2, S, F2, Rn, Hg, Pb, As), ularning oksidlari, kislotalari va asoslari.
Toksik moddalarning amaliy sinflanishi qo‘llanish maqsadiga ko‘ra farqlanadi:
1. Sanoat zaharlari:
- organik yerituvchilar (dixloretan, atseton);
- yoqilg‘i yerituvchilar (metan, propan, butan);
- bo‘yoqlar (anilin);
- muzlatuvchilar (freon);
- kimyoviy reagentlar (metil spirti) va boshqalar.
2. Qishloq xo‘jaligida yovvoyi o‘simlik va zararkunandalarga qarshi kurashish uchun zaharli ximikatlar:
- xlororganik pestitsidlar-geksaxloran, polixlorpinen;
- fosfororganik insektitsidlar-korbofos, xlorofos, fosfamid;
- simoborganik moddalar-granozan;
- karbomin kislota hosilalari (sevin).
Maqsadiga ko‘ra pestitsidlar quyidagicha farqlanadi:
- insektitsidlar - hashoratlarni yo‘q qiluvchilar;
- akaritsidlar - kanalarni qiruvchilar;
- zootsidlar - kemiruvchi hayvonlarni qiruvchilar;
- fungitsidlar - qo‘ziqorinli mikroorganizmlarni qiruvchilar;
- baktyeritsidlar - baktyeriyalarni qiruvchilar;
- gyerbetsidlar - o‘simliklarni qiruvchilar;
-defolentlar - o‘simlik barglarini olib tashlash uchun;
- repellentlar - hashoratlarni qiruvchilarni (kuya, pashsha)
3. Dorivor vositalar.
4. Maishiy kimyoviy moddalar:
- oziq-ovqat qo‘shimchalari (sirka kislotali);
- sanitariya, shaxsiy gigiyena va kosmetika vositalari;
-kiyim-kechak, mebel, avtomobillarni parvarish qiluvchi vositalar.
5. Turli o‘simliklar va qo‘ziqorinlarda (akonit, sikuta) hayvon va hashoratlar (ilonlar, arilar, chayon va boshqalar)da bo‘luvchi biologik o‘simliklar va hayvon zaharlari.
6. BOV, aholini ommaviy qirish uchun toksik qurol sifatida qo‘llaniladi (zarin, iprit, fosgen).
1-jadval
uz.wikipedia.org