Zahariy Paliashvili
Zahariy Petrovich Paliashvili [1871.4(16).8, Kutaisi - 1933.6.10, Tbilisi] — gruzin kompozitori, dirijyor, pedagog, musiqa jamoat arbobi. Gruziya xalq artisti (1925). Gruzin kompozitorlik maktabi asoschilaridan. Tbilisi musiqa bilim yurti (1895—99) va Moskva konservatoriyasi (1900— 03)da taʼlim olgan. Gruzin filarmoniya jamiyatiga asos solgan (1905). 1919-yildan Tbilisi konservatoriyasi professor, direktori (1919,1923, 1929 — 32). Gruziya xalklarining jami 300 ga yaqin qoʻshiklarini toʻplab, ulardan bir qismini nashr etgan (1910). Kompozitorlik ijodida turli mahalliy (kaxetin, guriy, svan va boshqalar) musiqa uslublari negizida yangi umummilliy musiqa tilini ishlab chiqqan. "Abesalom va Eteri" (1910— 18), "Daisi" (1923) operalari bilan gruzin musiqa sanʼatiga muhim hissa qoʻshgan. P., shuningdek, "Gruzincha liturgiya", xor asarlari, romanslar muallifi. Tbilisidagi Gruzin davlat opera va balet teatri, bir necha mu-siqa oʻquv muassasalariga P. nomi berilgan. 1971-yilda P. nomidagi Gruziya davlat mukofoti taʼsis etilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org