ZAGREB UNIVERSITETI



ZAGREB UNIVERSITETI – Xorvatiyadagi yirik oliy o’quv yurtlaridan biri. 1669 yil falsafa-teologiya oliy maktabi sifatida Lepoglav shahrida tashkil topgan. Keyinchalik Zagreb shahriga ko’chirilgan. 1874 yilda universitet maqomini olgan. Falsafa, xuquqshunoslik, iqtisod, tabiiy fanlar, matematika, tibbiyot, me’morlik va boshqa ixtisosliklar bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Bir nechta ilmiy tadqiqot instituti, kutubxonasi (17-asrda tashkil etilgan, 1 milliondan ortiq asar) bor. 40 mingdan ortiq talaba ta’lim oladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz