Zag‘cha




Zagʻcha (Corvus monedula) — chumchuqsimonlar turkumining qargʻasimonlar oilasiga mansub qush. Tanasining uz. 30—39 sm. Rangi, asosan, qora, boʻyni toʻq kulrang. 4 ta kenja turi bor. Yevropa va Osiyoda uchraydi. 3. koʻchib yuruvchi qush. Oʻzbekistonda bola ochadi va kishlaydi. Jarlarning yon bagʻirlariga, uylarning peshtoqlari yoki daraxt kovaklariga uya soladi. Apr.da 4—6 ta tuxum qoʻyadi. 18— 20 kunda joʻjalari tuxumdan chiqadi. Qoʻngʻiz, kapalak va ularning qurtlari, oʻsimlik urugʻlari bilan oziqlanadi. Zararkunanda hasharotlarni qirib, foyda keltiradi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz