ZAG’CHA
ZAG’CHA (Corvus monedula) — chumchuqsimonlar turkumining qarg’asimonlar oilasiga mansub qush. Tanasining uzunligi 30-39 santimetr. Rangi, asosan, qora, bo’yni to’q kulrang. 4 ta kenja turi bor. Yevropa va Osiyoda uchraydi. Zag’cha ko’chib yuruvchi qush. O’zbekistonda bola ochadi va qishlaydi. Jarlarning yon bag’irlariga, uylarning peshtoqlari yoki daraxt kovaklariga uya soladi. Aprelda 4-6 ta tuxum qo’yadi. 18— 20 kunda jo’jalari tuxumdan chiqadi. Qo’ng’iz, kapalak va ularning qurtlari, o’simlik urug’lari bilan oziqlanadi. Zararkunanda hasharotlarni qirib, foyda keltiradi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz