Zafar Xolmurodov




Zafar Xolmurodov (1976-yil 15-oktyabrda tugʻilgan) – nafaqadagi oʻzbek professional futbolchisi va murabbiyi.

Futbolchilik faoliyati



Qarshi Nasaf



Zafar Xolmurodov faoliyatidagi eng koʻp vaqtini Qarshining „Nasaf“ klubi safida oʻtkazgan, u 1996-yilda asosiy jamoaga kelgan. U Oʻzbekiston Ligasida 377 ta oʻyinda 200 ta gol (2012-yil 22 may holatiga koʻra) urgan birinchi oʻzbekistonlik futbolchi hisoblanadi.

Mashal Muborak



Muborakliklar safiga ilk bor 2006-yil Mash’al Osiyo chempionlar ligasiga tarkibni kuchaytirgan vaqtida oʻtgan va Xalqaro maydonda 6 uchrashuvda 3 ta gol urgan. keyinchalik turli yillarda 2009-yil, 2011-yilgi mavsumlarda ham Muboraklar safini himoya qilgan.

Olmaliq



2012-yil 25-may kuni Oʻzbekiston Ligasi „Olmaliq“ Bekobodning „Metallurg“ jamoasiga qarshi oʻyinda Xolmurodov Oʻzbekiston Ligasidagi oʻzining 200-golini kiritdi va 3:2 hisobida gʻalaba qozondi.

2012-yil 29-dekabrda IFFHS hali ham faol oʻyinchilar orasidan dunyoning eng muvaffaqiyatli Top-divizion toʻpurarlari roʻyxatini eʼlon qildi. Xolmurodov faoliyati davomida 379 ta uchrashuvda 200 ta gol kiritib, ushbu roʻyxatda 19-oʻrinni egalladi.

Klublardagi statistikasi




Eslatma uchun: Berilayotgan maʼlumotdagi oʻyinlar va gollar soni milliygaga oiddir.

Milliy terma jamoada



U terma jamoadagi debyutini 2000-yilning 18-mayida Tailandga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. U milliy terma jamoa safida 9 ta oʻyin oʻtkazgan.

Murabbiylik karyerasi



2012-yilgi mavsumdan soʻng Xolmurodov futbolchilik faoliyatini yakunlab, Qarshining „Nasaf“ klubida murabbiylik faoliyatini boshladi.

Yutuqlari



Klub bilan




Shaxsiy




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz