Zafar Hoshimov




Zafar Hoshimov (Зафар Ҳошимов; tugʻ. 29-iyun 1968-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek tadbirkori, tarkibiga Korzinka.uz, Korzinka Diskont, Smart doʻkonlari kiruvchi „Anglesey Food“ MChJ XK asoschisi.

Faoliyati



1992-yilda Toshkent universitetida ehtimollar nazariyasi va matematik statistika boʻyicha taʼlim olgan.

1992-yildan 1994-yilgacha Sasseks universitetida (Brayton, Angliya) oʻqigan.

1992-yildan 1995-yilgacha „UzEX“ masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh direktori sifatida faoliyat yuritgan.

1995-yildan 1997-yilgacha „Balton Trading (Asia)“ shirkatining biznes rivojlanishi boʻyicha direktor lavozimida faoliyat yuritgan.

1996-yil dekabrda „Anglesey Food“ brendiga asos soldi. 1997-yilda tadbirkor Anglesey Food brendi ostida ilk doʻkonni ochdi va Oʻzbekistonda supermarketlar tarmogʻi rivojlanishi uchun poydevor qoʻydi.

2005-yilda tarmoq rebrendingi amalga oshirildi. Shu vaqtdan boshlab, supermarketlar „korzinka.uz“ brendi ostida rivojlana boshladi. 2010-yilda kompaniya Smart uy doʻkonlarini, 2016-yilda esa korzinka.uz Diskont ulgurji savdo supermarketlarini alohida boʻlimlarga boʻlib, xizmat koʻrsatish shakllarini xilma-xillashtirishni boshladi.

2018-yilda Oʻzbekistonda ilk bor „FLO“ multibrend turk poyabzal doʻkoniga asos soldi.

2019-yilda Toshkentda Oʻzbekistonda savdo-koʻngilochar markaziga qoʻshimcha sifatida emas, balki alohida gastronomik loyiha sifatida ochilgan ilk fudkort hisoblangan Five fudkort ni ochdi.

2019-yil noyabr oyida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki „korzinka.uz“ supermarketlar tarmogʻi operatori „Anglesey Food“ MChJ aksionerlik kapitaliga toʻgʻridan-toʻgʻri 40 million AQSh dollarigacha sarmoya kiritishi maʼlum boʻldi. Investitsiyalar tarmoqni mavjud 50 supermarketdan 2025-yilga qadar 140 supermarketgacha kengaytirish dasturini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, faoliyat samaradorligi va korporativ boshqaruv standartlarini xalqaro standartlarga mos holda yaxshilash uchun yoʻnaltiriladi. 2020-yilning fevral oyida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan shartnoma imzolandi.

2020-yil may oyida Hoshimov Oʻzbekistondagi ilk tadbirkorlik universiteti — TEAM Universityning hamasoschisi va Vasiylik kengashi aʼzosiga aylandi.

Biznesga oid qarashlari



Zafar Hoshimovning biznes haqida intervyularida aytgan quyidagi iqtiboslari uning qarashlarini ifodalaydi:

Biznesda eng muhimi — yaxshi javoblarni bilish emas, balki toʻgʻri savollar berishdir[16].

Men doim xaridlarni korzinka.uz dan amalga oshiraman. Siz, albatta, oʻz biznesingizni mazasini tatib koʻrishingiz kerak[16].

20 yoshlik paytimdagi yigitga maslahatim: „Mutaxassis boʻlish juda muhim. Oʻrdak kabi boʻlmang — u uchishni, suzishni va yurishni biladi, lekin hamma narsani yomon qiladi. Yaxshisi yo uching, yo suzing yoki piyoda yuring: faqat bitta xizmatni amalga oshiring[16]“.

Ijtimoiy tarmoqlarda



Oʻzbekistonda koronavirus pandemiyasi boshlangandan soʻng, bir qancha ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan „korzinka.uz“dan banan sotib olmaslik kerakligi, banan orqali virus yuqishi ehtimoli borligi haqida gap-soʻzlar tarqalgan. Shundan soʻng „korzinka.uz“da banan savdosi uch barobarga tushib ketgan. Zafar Hoshimov bu mish-mishlar yolgʻon ekanligini, banan Xitoydan emas Ekvadorda yetishtirilishi va Atlantika okeani orqali Boltiq dengizi portlariga, u yerdan Toshkentga olib kelinishi haqida aytgan hamda fuqarolarni yolgʻon maʼlumotlarga ishonmaslikka chaqirgan.

Zafar Hoshimov Shavkat Mirziyoyevning qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) stavkasini kamaytirish boʻyicha topshirigʻiga izoh berib, soliq stavkalari, birinchi navbatda, QQS stavkasining soliq toʻlovchilar bazasini parallel ravishda kengaytirish va ushbu soliq boʻyicha barcha imtiyozlarning bekor qilinishi jarayonida pasaytirilishi yashirin iqtisodiyot sektorining qisqarishiga yordam berib, soliq solishni biznes uchun yanada adolatli qilishi haqida fikrlarini bildirib oʻtgan va bu ijtimoiy tarmoqda katta muhokamalarga sabab boʻlgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz