Zafar darvozasi (roman)
„
Zafar darvozasi “ (roman) (nemischa: Arc de Triomphe) Olmoniya yozuvchisi Erix Mariya Remarkning romani. Birinchi marotaba AQSHda 1945 yil chop etilgan.
Oʻtgan asr Olmoniyada oʻrnatilgan fashistik tartibdan maʼnaviy ezilib, oʻzini jamiyatda begonalardek his qiluvchi kishilarning ayanchli qismati asarda oʻz aksini topgan.
Tavsif
1938 yil. Parij.
Bosh qahramon Ravik minglab mahfiy emigrantlar kabi, uchinchi reyxning hukumatidan pana topish maqsadida Fransiya poytaxtiga koʻchib keladi.
U yuqori malakali jarrox boʻlishidan qatʼiy nazar, ishlash xuquqidan mahrum boʻlgan. Ammo noqonuniy ravishda boʻlsa ham, oʻz faoliyatini davom ettirishga tayyor.
Remarkning barcha qahramonlari kabi, Ravik ham birinchi jahon urushi ishtirokchisi.
Urush boshlanganidan soʻng, vatanparvarlik ruhi bilan yogʻrilgan koʻp yosh yigitlar ixtiyoriy ravishda frontga ketganlar. Ravik ham shular qatoridan edi. Ammo urushdan keyingi davrda, yangi dunyoga mutlaqo moslashmaganligi sababli hayotga boʻlgan barcha qiziqishini yoʻqotgan.
30-chi yillarda gitlerchilarning siyosatiga qarshilik koʻrsatgani uchun gestapo tomonidan hibsga olingan.
Unga eng yaqin boʻlgan inson — Sibillaning oʻlimini boshidan kechirgan.
Bu hodisalardan bir necha yillar oʻtib, 40 yoshga kirgan Ravik, tunggi Parijda Joan Madu ismli ayolni uchratadi.
Joan ham huddi Ravik singari yaqin insonidan mahrum boʻlgan. Uning oʻzgaruvchan, oʻziga xos feʼl-atvori Ravikning qiyofasidan keskin farq qiladi.
Bundan tashqari Ravik Haakega duch keladi. Sibillaning qotili Haake, gestapo xodimi edi.
Ravik undan qasos olish maqsadida, hayotiga qasd qiladi.
Koʻp oʻtmay Joan baxtsiz hodisa tufayli ogʻir jaroxatlanadi. Ravik iqtidorli shifokor boʻlishidan qatʼiy nazar, uning hayotini saqlab qololmaydi.
Joan 1939 yil 1 sentabr kuni olamdan koʻz yumadi.
Shu kunning oʻzidayoq Olmoniya qurolli kuchlar majmuasi qoʻshinlari Polshaga hujum qilib, ikkinchi jahon urushining boshlanishiga asos soladilar.
Parijdagi barcha mahfiy emigrantlar hibsga olinadi.
Ravik mamlakatdan qochish taklifini rad etib, politsiya xodimlariga oʻzining haqiqiy ismini aytishini tasdiqlaydi.
U minglab mahfiy emigrantlar qatorida Fransiyadagi konsentratsion lagerlarining biriga yoʻl oladi.
Qahramonlar
Omillar
Havolalar
asar rus tilida (Wayback Machine saytida 2014-09-03 sanasida arxivlangan)
uz.wikipedia.org