ZAFAR ARKI
ZAFAR ARKI, Zafar darvozasi — biror tantana munosabati bilan qurilgan inshoot, hashamatli darvoza. Qadimgi Rimda g’olib lashkarboshilarning shaharga tantanavor kirib kelishi uchun Rimdagi zafar arki maxsus qurilgan. Bizgacha saqlangan eng qadimgi Zafar arki — Stsipion arki (Rim, miloddan avvalgi 190 yil). Haydaroboddagi Chor minor Zafar arki (1591) ham mashhur, Zafar arkining ko’pchiligi marmar haykal, relyefli rasm va naqshlar bilan bezatilgan, dastlab yog’ochdan vaqtincha, keyinchalik marmar, xarsang, g’ishtdan doimiy qilib qayta qurilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz