Zach Sill




Zach Sill (talaffuzi: Zak Sill, 1988-yil 24-mayda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkeychi, hozirda Deutsche Eishockey Ligasining (DEL) Kölner Haie jamoasida oʻynaydi. U Amerika Xokkey Ligasining (AHL) Hershey Bears va Kanada Milliy Xokkey Ligasining (NHL) Washington Capitals jamoalari bilan shartnoma asosida oʻynagan.

Jamoalardagi faoliyati



Kollej davri



Sill 2005-yil Quebec Major Xokkey Ligasida (QMJHL) Moncton Wildcats jamoasi tomonidan jamoa asosiy tarkibiga tanlab olingan. U 2005—2006-yilgi mavsumni MJAHLning Truro Bearcats jamoasi bilan oʻtkazgan.

Sill keyingi mavsumni Moncton Wildcats jamoasi bilan boshlagan. U ikki mavsum davomida 27 gol 23 golli uzatmani amalga oshirgan. Pittsburgh Penguins tashkilotida professional faoliyatini boshlashdan oldin u, 2008—2009-yilgi mavsumda eng yaxshi himoyachi-hujumchi mukofotini qoʻlga kiritgan.

Professional jamoalardagi faoliyati



2011-yilning 16-mayida Pittsburgh Penguins jamoasi Sill bilan ikki yillik shartnoma imzolaganligini eʼlon qilgan.

Sill NHLdagi debyutini 2013-yil 16-noyabr kuni Prudential Centerda New Jersey Devils jamoasiga qarshi oʻtkazgan.

2015-yil 21-yanvar kuni Sill NHLning Chicago Blackhawks jamoasiga qarshi oʻyinda, Corey Crawford qoʻriqlayotgan darvozaga gol urdi. Bu uning NHLdagi birinchi goli edi.

2015-yilning 25-fevralida Sill hujumchi Daniel Winnik evaziga Toronto Maple Leafs jamoasiga transfer qilindi. Sill Toronto jamoasi bilan doimiy mavsumda 21 oʻyinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani qayd etgan.

Sill 2015-yil 15-iyulda Washington Capitals jamoasi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzolagan. 2016-yilning 5-yanvarida Boston Bruinsga qarshi oʻyinda Sill Bruins himoyachisi Adam McQuaidga nisbatan qoʻpollik ishlatib, keyingi ikki oʻyinga diskvalifikatsiya qilingan.

Faoliyatini Yevropada davom ettirish xohlagan Sill, 2019-yilning 8-iyulida Germaniyaning Kölner Haie jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzolagan.

Faoliyat statistikasi




Doimiy mavsum oʻyinlaridagi statistikasi




Mukofot va unvonlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz