Zach King




Zachary King (1990-yil 4-fevralda tugʻilgan) — Los-Anjelesda yashaydigan amerikalik video blogger. U oʻzining sehrli qisqa videolari bilan mashhur boʻlib, videolari goʻyoki sehrgarlik qilayotgandek koʻrinadigan qilib tahrirlangan olti soniyali videolardir. U oʻz videolarini „raqamli qoʻl chaqqonligi“ deb ataydi. U 2008–yilda youtubeda video joylashtira boshladi va 2013–yilda Vine platformasiga ham video joylashtira boshlagan. King oʻzining birinchi videosini 2016-yilda TikTokga joylashtirgan va shundan beri 90 milliondan ortiq obunachilarni oʻziga jalb etib, platformadagi eng koʻp kuzatiladigan oltinchi shaxsga aylangan.

King 2010–yilda Hewlett-Packard tijoriy tanlovida gʻolib chiqdi va London kinofestivaliga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. 2013-yilda u YouTubening NextUp Creators tanlovida gʻolib chiqdi. 2015–yilda King va uning rafiqasi Reychel Xolm Amerikaning The Amazing Race realiti-shousining 28-mavsumida ishtirok etishdi. Ular musobaqaning toʻqqizinchi bosqichida umumjamoa hisobida oltinchi oʻrinni egalladilar.

Yoshligi va taʼlimi



King Oregon shtatining Portlend shahrida tugʻilib oʻsgan. U ota tomondan yarim xitoylik, chorak avstriyalik va onasi tomondan chorak nikaragualik. Kingning onasi uni va uning uchta singlisini, jumladan, bir asrab olingan singlisini uyda oʻqitgan, otasi esa uyda ishlagan.Yetti yoshida King uy videokamerasidan foydalangan holda birinchi filmini suratga oldi. Oʻn toʻrt yoshida u Mac kompyuteri, kameralar shuningdek, tripod kabi video jihozlarni sotib oldi va videolarni tayyorlash va tahrirlashni boshladi. U 2012-yil dekabr oyida Biola universitetini kino va media sanʼati yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan.

Karyerasi



King oʻzining FinalCutKing.com veb-saytini 2008–yilda Final Cut Pro tahrirlash dasturidan foydalanish boʻyicha darslar oʻtish va maslahatlar berish uchun ochgan, chunki u Internetda dasturiy taʼminot boʻyicha oʻquv qoʻllanmalarini topa olmagan. Shu bilan birga, u dasturiy taʼminotdan foydalangan holda vizual effektlar boʻyicha darsliklar berish uchun oʻzining YouTube kanalidan foydalanishni boshladi. Oʻz veb-saytida auditoriyaga ega boʻlgach, u oʻquv darsliklarini sotishni boshladi va pulni kollejiga toʻlash uchun ishlatdi. U 2012-yilda Syfyda namoyish etilgan Viral Video Showdown epizodida ishtirok etdi. 2019-yil dekabr oyida King oʻzining supurgi ustida uchayotgani aks etgan videosi bilan internetni lol qoldirdi. Video 4 kun ichida TikTokda 2,1 milliard martadan ortiq koʻrilgan.

Youtube




2011-yilda u kollejdagi doʻsti bilan suratga olgan Jedi Kittens nomli videoni YouTubega joylashtirdi. Videoda ikki mushukning chiroqlar bilan urishayotgani aks etgan. Video uch kun ichida milliondan ortiq koʻrildi va umumiy hisobda 18 milliondan ortiq koʻrildi. Strike Back Jedi Kittens nomli videoning davomi 27 milliondan ortiq koʻrildi. Videoning uchinchi qismi Jedi Kittens – The Force Awakens 2013–yilda yuklangan boʻlib, u 28 milliondan ortiq koʻrildi. Kingning rasmiy YouTube kanali Zach King deb nomlangan.

U 2013-yilning may oyida YouTube tomonidan Amerikadagi eng istiqbolli 25 yosh rejissyorlardan biri deb topildi. YouTube oʻzining Next Up Creators contest tanlovi doirasida Kingni 35 000 dollar hamda Nyu-York shahriga toʻrt kunlik YouTube ijodkorlar lageriga sayohati bilan taqdirladi. Uning tanlovga taqdim etgan videosi Contest Entry Gone Wrong nomlangan.

Vine



King koʻplab doʻstlarining Vineda akkaunti borligini koʻrgach, 2013-yil 9-sentyabrda oʻz akkauntini yaratdi. Vineda hisob yaratgandan soʻng, u keyingi oʻttiz kun davomida har kuni bitta vine yaratishga qaror qildi. Oʻzining birinchi bir nechta vinelari muvaffaqiyatidan soʻng, u yangi vinelarni yaratish va joylashtirishni davom ettirishga qaror qildi.

U 2014-yil 29-yanvarda The Ellen DeGeneres shousida paydo boʻldi va shou jamoasi bilan bir nechta vine yaratdi. King avvalroq pul topish uchun vine videolarini yaratgan va garajida ishlagan. The Independent nashriga bergan intervyusida u kelajakda badiiy filmlar, eng yaxshisi jangovar-sarguzasht filmlariga rejissyorlik qilishni xohlashini aytdi.

King oʻzining vinelari sababli koʻplab ommaviy axborot vositalariga taklif qilingan. Chez Pazienza King haqida „bu yigitning videolari sof sehrdir (yoki hech bo'lmaganda juda aqlli tahrirning ishi.)“ deya taʼrif bergan. Mashable internet saytida Laura Vitto shunday yozgan: Vine yulduzi va kinorejissyor Zach King anʻanaviy ma'noda, sehrgarlik qilmasligi mumkin lekin uning olti soniyali tajribali tahrirlangan videolari Devid Bleynni ham armonda qoldiradi.

Intervyuda Zach „Vine tayyorlash odatda 3-4 soatlik suratga olish bilan birga umumiy hisobda 24 soatdan koʻproq vaqtni oladi“, deydi.

Tik tok



King oʻzining birinchi videosini 2016-yilning 28-fevralida „Need help posting bail, oh wait nevermind“ sarlavhasi ostida ilgari Musical.ly nomi bilan tanilgan TikTokga joylashtirdi. 2021-yil noyabr holatiga koʻra, u platformada 66,3 milliondan ortiq obunachiga ega boʻlib, TikTokdagi eng koʻp kuzatiladigan uchinchi foydalanuvchiga aylandi.

Zach King shuningdek, eng koʻp koʻrilgan TikTok videosini 2019-yil 9-dekabrda joylashtirdi. Videoda uning supurgi minib ketayotgani tasvirlangan va u yerda u aslida koʻzgu ishlatganini koʻrsatadi. Videoning tagida „Ular mening Xogvartsga arizamni rad etishdi, lekin baribir sehrgar boʻlish yoʻlini topdim“. Video 2 milliard marta koʻrilgan.

Diniy va shaxsiy hayoti



King yetti yoshga toʻlganida, uning oilasi nasroniylikni qabul qildi, uning aytishicha, bu uning hayotida sodir boʻlgan „eng buyuk voqealardan“ biri. U oʻzini dindor nasroniy deb hisoblaydi, masalan, har kuni ertalab uygʻonganida Bibliyaning ayrim qismlarini oʻqishga harakat qiladi. U oʻz eʼtiqodi mamnuniyat bilan tilga oladi, hatto dinini oʻz videolarida ham koʻrsatadi. King Protestant universiteti boʻlgan Biola universitetida oʻqigan va turli xristian lagerlarida yoshlar guruhlariga rahbarlik qilgan.

King oʻzining qiz doʻsti Reychel Xolmga bir brand uchun video reklama yaratmoqchi boʻlgandek, turmush qurishni taklif qildi. Ular 2014–yilda turmush qurishdi. 2016-yilda ular birgalikda The Amazing Race 28 musobaqasida qatnashib, 6-oʻrinni egalladi. 2017–yil holatiga koʻra, ular Kaliforniyaning Orange okrugidagi Rossmoorda yashashadi. Kingning ham, uning rafiqasining ham asrab olingan aka-ukalari bor, bu esa keyinchalik uni asrab olish va homiylik boʻyicha ish boshqaruvchisi sifatida ishlashga ilhomlantirdi. Er-xotin bir necha farzandni asrab olishdi, shuningdek, asrab olingan va biologik oʻgʻili bor.

Filmografiyasi




Mukofot va unvonlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz