Zablon Simintov
Zablon Simintov (tugʻilgan yili: 1959-yil; Hirot, Afgʻoniston) — Afgʻonistonlik gilam savdogari va restoran egasi. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra ushbu inson Afgʻonistondagi soʻngi yahudiy hisoblanadi. Shuningdek ushbu inson Qobuldagi yagona sinagoga qoʻriqchisihamdir. Transkripsiyada uning ismi va familiyasi Zebulon Simentov, Zabolon Simentov yoki Zabolon Simantov deb tarjima qilinadi.
Simintovning soʻzlariga koʻra, U yakka oʻzi diniga eʼtiqod qilishi qiyin kechadi. Shu bilan birga, U Toshkentdagi ravvindan kashrut qoidasiga muvofiq hayvon soʻyish uchun masus ruxsat olgan. Hozirda U Qobuldagi yagona sinagoganing yonidagi kulbada yashaydi va boshqa davlatlardagi, xususan Isroildagi yahudiylardan va mahalliy aholidan xayr-ehson olib turadi. Uning xotini va ikki qizi hozirda Isroilda istiqomad qilishadi. Bir safar undan Isroilga muxojirat qilishni xohlarmidingiz deb soʻrashganida, U «Isroilga koʻchib ketish? Men u yerda nima qilaman? Nega men oʻz yurtimni tark etishim kerak?» deb javob bergan. Biroq keyinroq «Al-Jazira» telekanaliga bergan videointervyusida U Isroilga koʻchib ketishni va oilasi bilan birlashishni xohlashini aytgan.
Havolalar
uz.wikipedia.org