ZABJE — Polshaning Janubdagi shahar. Aholisi 200,1, ming kishi (1999). Yuqori Sileziya aglomerasiyasi tarkibida. Zabje yonidan ko’mir qazib olinadi, koks ishlab chiqariladi. Metallsozlik va og’ir mashinasozlik (kon uskunalari, po’lat konstruktsiyalar, ko’tarma kranlar), kimyo, koks kimyosi, radioelektronika, oziq-ovqat, oyna sanoati korxonalari mavjud. Teatr, tibbiyot akademiyasi, muzey bor. Shaharga 13-asrda asos solingan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish