Z avlod
Z (zed) avlod , shuningdek, xalq tilida
zumerlar[1][2] deya ataluvchi Millennials avloddan keyingi, Alfa avloddan oldingi demografik kogorta. Tadqiqotchilar hamda mashur ommaviy axborot vositalari ushbu atamani XX asr 90-yillarining oʻrtalaridan 2010-yillarning dastlabki qismigacha boʻlgan davrda dunyoga kelgan avlod vakillari uchun qoʻllashadi. Zed avlodning aksariyat qismi X (iks) avlod vakillarining farzandlari hisoblanishadi.
Yoshligidanoq internet va portativ raqamli texnologiyalar muhitida ulgʻaygan dastlabki avlod sifatida tariflanuvchi „zumerlar“ raqamli savodxonlikka ega boʻlmasalarda, „internet avlodi“, deb ham atalishadi. Qolaversa, ekran vaqti keltirib chiqaruvchi salbiy taʼsirlari yosh bolalarga qaraganda zumer oʻsmirlarda koʻproq namoyon boʻladi. Oldingi avlodlar bilan solishtirganda, baʼzi rivojlangan mamlakatlarda Z avlod vakillari, odatda yaxshi xulq-atvorli, beparvo shaxslar boʻlib, xavf-xatar va tavakkalarni unchalik xush koʻrmaydilar. Zumerlar oʻz yoshlariga nisbatan, oʻzlaridan avvalgi avlodlar vakillariga qaraganda sekinroq yashashga moyildirlar.
Ushbu avlod vakillarida oʻsmirlik davridagi homiladorlik va spirtli ichimliklar isteʼmol qilish koʻrsatkichlari quyi avlod vakillariga nisbatan kamroq darajada qayd etilgan. Biroq, psixofaol dorilar qabul qilish holatlari haqida bunday deyish mushkuldir. Zed avlod oʻsmirlari oʻtmishdoshlariga qaraganda akademik muvaffaqiyatlar va mehnat istiqbollari haqida koʻproq tashvishlanadilar. Ushbu xavotirlarga qaramay, ular 1960-yillardagi hamkasblariga qaraganda mamnuniyat hissidan koʻproq qoniqish hosil qilishadi. Oʻsmirlar orasida bu kabi qilmishlari qanday oqibatlarga olib kelishini tushunmagan holda amalga oshiriluvchi seksting — mobil telefon orqali shahvoniy suratlar yoki xabarlarni yuborish harakatlari koʻpaydi. Shu bilan birga, oʻsmirlar submadaniyatlari, garchi butunlay yoʻqolmagan boʻlsa-dam moʻtadillasha boshladi.
Qiz bolalarda balogʻatga yetish davrining oʻrtacha yosh koʻrsatgichi, qlobal miqyosda, 20-asrga nisbatan ancha qisqargani ularning farovonligi va kelajagiga taʼsir qilgani haqida dalillar mavjud. Bundan tashqari, zed avlod oʻsmirlarida allergiya va ruhiy salomatlik bilan bogʻliq muammolar hamda bu kabi holatlar boʻyicha kelib tushgan murojaatlar soni anchagina yuqoriga koʻrsatgichlarga ega. Shuningdek, zumerlarda uyqusizlik kasalligi bilan bogʻliq muammolar ham keng kuzatiladi. Koʻpgina mamlakatlarda Zed avlodning yosh vakillariga oldingi avlod kishilariga qaraganda koʻproq aqliy zaiflik va psixiatrik kasalliklar boʻyicha tashxis qoʻyiladi.
Butun dunyo boʻylab zed avlod vakillari elektron qurilmalarga koʻproq vaqt sarflaganlari uchun kitob mutolaa qilishdan uzilib qolishmoqda. Ushbu jarayon oqibatlari ularning diqqat oralig'i (chalgʻishdan oldin bir vazifaga diqqatni jamlash uchun sarflangan vaqt miqdori)ga soʻz boyligiga va maktab baholariga, shuningdek, zamonaviy iqtisodiyotdagi kelajaklariga salbiy taʼsir keltirib chiqaradi. 2000—2010-yillarda osiyolik pedagoglar odatda eng yaxshi talabalarni qidirib, ularni ragʻbatlantirgan boʻlsalar, Gʻarbiy Yevropa va Qoʻshma Shtatlarda asosiy eʼtibor past koʻrsatkichlarga qaratildi.
Terminning kelib chiqish etimologiyasi
Ushbu atamaning qachon o'rnashib qolganligini aniqlash uchun ilmiy jarayon mavjud bo'lmasa-da, ma'lum impulslar Gen Z qisqartmasidan oldin paydo bo'lganligiga ishora qilmoqda. Zed avlod atamasi X (iks) avlod boshlab bergan alifbo tartibini davom ettiruvchi Y (igrik) avlod (Millennials)dan keyingi davr vakillari uchun qoʻllaniladi.
Ushbu atamaning alternativ variantlari sifatida taklif qilingan nomlar orasida
AyJenereyshn (iGeneration),
Vatan avlodi (Homeland Generation),
Net Jen (Net Gen),
Dijital Neytivs (Digital Natives),
Neo-Dijital Neytivs (Neo-Digital Natives),
Plyuralist avlod (Pluralist Generation),
Internet avlodi (Internet Generation),
Senteniyels (Centennials) va Post-Millennials kabi atamalar mavjud.
Internet avlodi atamasi ushbu avlod internet ommaviy ravishda qabul qilingandan keyingi davrda tugʻilgan shaxslarga ishora qiladi.
Psixologiya boʻyicha professor va bir qancha kitoblar muallifi Jean Twenge (talaffuzi: Jan Tvenj) iGeneration (yoki qisqacha iGen (AyJen)) atamasini qoʻllagan dastlabki shaxs boʻlgan. Ushbu atamani oʻzining 2006-yilgi Millennials haqidagi Generation Me kitobining sarlavhasi sifatida ishlatmoqchi boʻlgan. Biroq, bu harakat Atria Publishing Group nashriyoti tomonidan bekor qilinadi. Oʻsha paytlarda iPod va iMac kompyuterlari bor edi, biroq, hali iPhone va iPadlar mavjud boʻlmagan. Keyinchalik, Twenge ushbu atamani 2017-yilgi iGen kitobi uchun ishlatgan. Bu nom 2009-yilda demograf Cheryl Russell (talaffuzi: Sheril Rassell) tomonidan yaratilgani iGen kitobida tasdiqlangan.
2014-yilda yozuvchi Neil Howe William Strauss bilan birgalikda Strauss–Howe avlod nazariyasining davomi sifatida „Vatan avlodi“ jumlasini atama sifatida kiritdi. „Vatan“ atamasi 11-sentyabr xurujlari boʻlib oʻtgandan soʻng, Milliy xavfsizlik departamenti kabi organlar tomonidan mamlakatning himoya nazorati choralari kuchga kirganidan keyingi vaqt davomida oʻz bolalik davrini oʻtkazgan dastlabki avlod vakillari uchun qoʻllaniladi.
Yana qarang
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
uz.wikipedia.org