Yvette Jarvis
Yvette M. Jarvis — asli afro-amerikalik ayol basketbolchi. Yvette Jarvis Gretsiya ayollar basketbol ligasida oʻynagan. U sobiq professional sportchi, siyosatchi, model va aktrisa hamdir.
Hayoti
1979-yilda Boston universitetini tamomlagan
Yvette M. Jarvis 1982-yilda „Panatinaikos“ jamoasida oʻynash uchun mohir basketbolchi sifatida Gretsiyaga koʻchib oʻtdi. U Gretsiya ayollar basketbol ligasida oʻynagan birinchi afro-amerikalik, shu bilan birga ligadagi birinchi legionar ayol sportchi boʻldi.
Yvette Jarvis 2002-yil oktyabr oyida Gretsiyada davlat lavozimiga saylangan birinchi afro-amerikalikdir. Afinada saylangan shahar kengashi aʼzosi Jarvis sobiq professional sportchi, model va aktrisadir.
Jarvis inson huquqlari, xususan, Gretsiyadagi ayollar, bolalar, muhojirlar va nogironlar huquqlari boʻyicha amalga oshiriladigan barcha faoliyat turlarida doimiy ishtirok etadi. Jarvisning koʻplab siyosiy yutuqlari orasida 2003-yil aprel oyida oilaviy zoʻravonlik qurbonlari uchun milliy bepul ishonch telefonini tashkil etish va Afina shahrida muhojir onalar uchun yunon til oʻqitish kursi dasturini ishlab chiqish kabilari ahamiyatga molikdir. U 2008 va 2012-yillarda Gretsiyadagi AQSh muhojirlari uchun shakllantirilgan tashkilotining koordinatori boʻlgan. 2010—2013-yillarda Xorijiy Demokratlar raisi va 1992-yildan boshqaruv kengashi aʼzosi lavozimlarida ishlagan.
Yvette Jarvis SouLuv guruhining bosh qoʻshiqchisi va asoschisi hisoblanadi.
Yvette Jarvis Jon Myullerga turmushga chiqqan va ularning Jon Jeykob Myuller ismli oʻgʻli bor.
Yvette va uning oilasi hozirda Kolorado shtatining Centennial shahrida istiqomat qiladi. U hozirda Denver davlat maktablari bilan kengaytirilgan taʼlim dasturining katta direktori lavozimida ishlaydi.
Manbalar
uz.wikipedia.org