Yves Meyer
Yves Meyer (talaffuzi: Iv Meyer; 19-iyul 1939-yilda tugʻilgan) — fransiyalik matematik. Meyer veyvlet („toʻlqincha“) nazariyasi asoschilaridan biridir. Xususan, olim Meyer veyvleti bilan tanilgan. 2017-yil Abel mukofoti bilan taqdirlangan.
Meyer Parisda yahudiylar oilasida tugʻilgan. Tunisdagi Carnot litseyida tahsil olgan. 1957-yilda Fransiyada matematika fanidan oʻtkazilgan talabalar oʻrtasidagi bellashuvda (fransuzcha: Consours Général) gʻolib chiqqan, Oliy normal maktabga kirish imtihonida eng yuqori natija koʻrsatgan. 1966-yilda Jean-Pierre Kahane rahbarligida PhD darajasini olgan. Uning akasi Meksika tarixshunosi Jan Meyerdir.
Meyer Milliy harbiy bilim yurtida oʻqituvchi (1960–1963), Strasbourg universitetida oʻqituvchi yordamchisi (1963–1966), Paris-Sud universitetida professor (1966–1980), Politexnika maktabida professor (1980–1986), Paris-Dauphine universitetida professor (1985–1995), Ilmiy tadqiqotlar milliy markazida toʻngʻich tadqiqotchi (1995–1999), École normale supérieure Paris-Saclayda professor (1999–2003) hamda ayni oliygohda faxriy professor (2004–bugun) lavozimlarida ishlagan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org