Yuychen




Chunsin , Yuychen, Basyan - Xitoyning jan.gʻarbiy qismidagi shahar, Szyalinszyan daryosining Yanszi daryosiga quyilish yerida. Sichuan provinsiyasida. Aholisi 3,2 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Transport yoʻllari chorrahasi. Aeroport bor, daryo porti. Mamlakatning yirik savdo va sanoat markazlaridan. Qora metallurgiya, sanoat jihozlari, priborsozlik, kimyo, rezina, neftni kayta ishlash, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. universitet va boshqa oliy oʻquv yurtlari, 2 issiklik elektr styasi, GES kaskadi bor. Shaharga 3 ming yil avval asos solingan. 1937—46 yillarda Xitoyning vaqtinchalik poytaxti boʻlgan. Ch. yaqinidan toshkoʻmir qazib olinadi.

uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz