Yuxari Govhar Ogʻa masjidi




Yuxari Govhar ogʻa masjidi (ozarbayjoncha: Yuxarı Gövhər Ağa məscidi, armancha: վերին մզկիթ) — Ozarbayjonning Shusha shahrida, Togʻli Qorabogʻning bahsli mintaqasida joylashgan masjid. Masjid, shuningdek, Govhar og‘aning masjidi (ozarbayjoncha: Gövhər Ağanın Cümə məscidi) nomini ham olgan.

Tarixi




Yuxari Govhar ogʻa soʻzi ozarbayjonchada „Yuqori Govhar ogʻa masjidi“ yaʼni, masjidning Shusha shahri yuqori qismida joylashganligini anglatadi va uni shaharning pastki qismida joylashgan Ashagʻi Govhar ogʻa masjididan masjiddan ajratib turadi. Har ikkala masjid ham Shusha shahri timsoli va Sharq meʼmorchiligi durdonalaridan sanaladi. Yuxari Govhar ogʻa masjidi Shushaning bosh maydoni, Yusif Vazir Chamanzaminli koʻchasida joylashgan boʻlib, madrasa, doʻkonlar va ayni shu masjid meʼmori tomonidan qurilgan uylardan iborat meʼmoriy majmuaning katta qismini tashkil etadi. Tarixchi va „Qorabog‘noma“ asari muallifi Mirzo Jamol Qorabog‘iyning yozishicha, masjid qurilishi Ibrohim Xalilxonning buyrug‘i bilan 1768-yilda (islom taqvimi bo‘yicha 1182-yil) boshlangan, biroq qurilish ishlari uzoq muddatga toʻxtatib qoʻyilgan. Soʻngra qurilish yana qayta boshlanib, 1883-1885-yillarda meʼmor Karbalayiy Safixon Qorabogʻiy tomonidan Ibrohim Xalilxonning qizi Govhar ogʻa buyrugʻi bilan bino toʻliq qurib bitkazilgan.

Tashqi va ichki qismi




Yuxari Govhar ogʻa masjidining namozxonasi 6 ta tosh ustunga boʻlingan kvadrat shaklda (190–185 m) qurilgan. Masjidning shimoliy qismidagi uch nurli ayvon unga toʻrtburchak shakl beradi (26,5×21,5 m). Masjidning ikkita minorasi bor. Ayvonlar ayollar uchun namoz oʻqish xonasi vazifasini bajaradi. Namoz oʻqiladigan zalning ichki qismiga ikkita derazadan yorugʻlik kirib turadi. Fasaddagi ikkita minora ayvonni tashkil qiladi. Masjid binosi toshdan, ikkita minorasi esa gʻishtdan qurilgan. Minoralar silindrsimon shaklga ega boʻlib, gorizontal kamarlarga ega. Har bir qismi gʻisht naqshlari bilan ajralib turadi. Xuddi shu qurilish namunalarini butun Qorabogʻdagi Kerbalayi Safixon Qorabogʻiy tomonidan qurilgan masjidlarning aksariyatida koʻrish mumkin.

Hozirgi holati




Sovet davrida masjid yopilgan va muzey sifatida faoliyat koʻrsatgan, ammo 1988-yilda faoliyat koʻrsatuvchi masjid sifatida qayta ochilgan. 1992-yilda Shusha qorabogʻ-armani qoʻshinlari tomonidan bosib olinganidan keyin, masjid oʻz faoliyatini yana toʻxtatadi.

2008-2009-yillarda masjidda kichik restavratsiya ishlari amalga oshiriladi. Masjid tomi oʻrnatilganidan soʻng, Togʻli Qorabogʻ Iqtisodiyot vazirligi rasmiylari restavratsiya loyihasini ishlab chiqib, ushbu loyihaga eronlik mutaxassislarni jalb qilishadi. Ozarbayjon rasmiylari esa restavratsiya loyihasidan noroziligini bildirishadi. Diniy tashkilotlar bilan ishlash davlat qo‘mitasi raisi Gunduz Ismoilov „Armanistonning Shushadagi tarixiy Ozarbayjon masjidini tiklash niyatini bosib olingan hududlardagi ozarbayjon madaniy-diniy yodgorliklariga qilgan vandalizmini yashirishga boʻlgan urinishidir“ deya baholaydi.

Bir necha yillik restavratsiya ishlaridan so‘ng, Yuxari Govhar og‘a masjidi, shuningdek, masjid bilan birgalikda bunyod etilgan madrasa va istirohat bog‘i 2019-yil 14-oktyabrda tantanali ravishda turizm sayyohlari uchun ochiladi. Loyiha Armaniston taraqqiyoti tashabbusi (IDeA) jamgʻarmasi tomonidan xususiy xayriyalar koʻmagida, rus-armaniyalik tadbirkor Ruben Vardanyanning „Sharq tarixiy merosini tiklash“ jamgʻarmasi va qozogʻistonlik tadbirkor Qayrat Boranbayev hissasi bilan amalga oshiriladi.

Masjidda 28 yillik cheklovlardan so‘ng ilk juma namozi 2020-yil 13-noyabr kuni Ozarbayjon askarlari tomonidan o‘qilgan.

Galereya



Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz