YUVENIL GAZLAR
YUVENIL GAZLAR (lotincha sof, bokira) — yer po’stining ostki qismidan va yuqori mantiyadan ajralib chiqadigan, S0 2, 1metr kvadrat, N, N20, SO, SN, S2N6, Ag va boshqalardan tarkib topgan gazlar. Bu jarayon fanda yerning gazsizlanishi deb nom olgan. 20-asr oxiri — 21-asr boshlarida bajarilgan geologik-geofizik, geokimyoviy va geotermik tadqiqotlar asosida, yerning gazsizlanish jarayoni tabiatda issiq massa harakatlanadigan kanallar orqali sodir bo’lishligi isbotlandi. Bunday kanallar Markaziy Qizilqum, Buxoroxiva regionidagi paleorift sistemasi, Surxondaryo megasinklinalidagi Boyangaro maydoni, Farg’ona tog’lararo botig’idagi Adrasmanchust anomalligida mavjud. Markaziy Qizilqum anomalligida metan va vodorod emanatsiyasi belgilangan. Emanasiyalarning eng yuqori qiymati paleozoy vulkantektonik strukturasi og’ziga hamda issiklik massa harakatlanadigan kanallarning maydoniga to’g’ri keladi. Issiqlik oqimi zichligi qiymatiga va anomal zonalar maydonining o’lchamiga qarab boshqa hududlarda, katta chuqurlikda ularga mos keluvchi emanasiya mahsulotlarini hamda Yuvinel gazlarni hosil bo’lishini tahmin qilish mumkin. Yuvinel gazlarning bu kanallar orqali ko’tarilib, yer po’stining yuqori qavati — cho’kindi qatlam jinslari tarkibida tarqalishi aniqlangan va xaritalangan termobarik anomaliyalarda o’z isbotini topgan. Yuvinel gazlarning cho’kindi qatlamdagi jinslarda tarqalgan organik moddalarga kimyoviy ta’siri 3 turdagi reaktsiya orqali amalga oshadi: 1) yuvenil vodorodlarning tarqoq organik moddalar bilan o’zaro ta’siri; 2) yuvenil metanning yuqori geodinamik kuchlanishdagi zonalarda tarqoq organik moddalar bilan o’zaro ta’siri; 3) yuvenil metanning anomal yuqori bosim va temperaturali sharoitlarda bevosita polimerlanishi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz