Yuval Noah Harari
Yuval Noah Harari (talaffuzi: Yuval Noa Harrari; ivritcha: יובל נח הררי; 1976-yil 24-fevralda tugʻilgan) isroillik tarixchi hamda Quddus yahudiy universiteti professoridir. U Sapiens: A Brief History of Humankind (2014), Homo Deus: A Brief History of Tomorrow (2016) va 21 Lessons for the 21st Century (2018) nomli ilmiy-ommabop kitoblar muallifidir.
Shaxsiy hayoti
Harari geydir. 2002-yilda u Itzik Yahav bilan munosabatlarni boshlagan. Yahav Hararining shaxsiy menejeri hamdir. Harrari va Yahav Kanadaning Toronto shahrida tumush qurishgan.
Hararining soʻzlariga koʻra, 2000-yilda Oxfordda boʻlgan chogʻida boshlagan Vipassana meditatsiyasi uning hayotini tubdan oʻzgartirgan. U har kuni ikki soat (ish kunining boshida bir soat va oxirida bir soatdan) meditatsiya bilan shugʻullanadi. U qalamiga mansub Homo Deus kitobini oʻqituvchisi S. N. Goenkaga bagʻishlagan hamda shunday degan: „Men bu kitobni oʻn besh yil davomida Vipassana bilan shugʻullanish ortidan orttirgan diqqat markazi, sokinlik va intuitsiyasiz yoza olmagan boʻlar edim.“ U, shuningdek, meditatsiyani tadqiqotga yoʻl deb hisoblaydi.
Harari Isroilda joylashgan Karmei Yosef aholi punktida istiqomat qiladi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org