YUTLANDIYA — Yevropadagi yarim Orol, Boltiq dengizi bilan shim. dengiz oralig’ida. Daniya va Germaniyaga qarashli. Maydoni 40 ming kilometr kvadrat, uzunligi 300 kilometr chamasida. Sharqiy qirg’oqlari kuchli parchalangan, g’arbi nisbatan tekis. Relefi sertepali morena tekisligidan iborat, eng baland joyi 173 metr. Iqlimi mo’tadil dengiz iqlimi. Daryolari sersuv. Igna bargli va keng bargli o’rmonlar, vereskzorlar bor. Maydonining katta qismi ekinzorlarga aylantirilgan. Janubida Orxus (Daniya), Flensburg (Germaniya) shahrilari joylashgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish