YUSUPOVA OFELIYA YUNUSOVNA (1938.8.11, Toshkent) — pianinochi, O’zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi san’at arbobi (1994), professor (1987). Klara Yusupovaning singlisi. Moskva konservatoriyasida ta’lim olgan (1956-60), Toshkent konservatoriyasi (1962) va aspiranturasi (1965) ni tugatgan. Shu yer (2002 yildan O’zbekiston konservatoriyasida kontsertmeyster (1960-62), pedagog (1962 yildan), kafedra mudiri (1973 yildan), rektor (1987-97), O’zbek davlat filarmoniyasi yakkaxon sozandasi (1962-70). Repertuaridan Yevropa klassik (Bax, Mosart, Betxoven, Shopen, Grig, Raxmaninov, Prokofev va boshqalar) va O’zbekiston (G. Mushel, S. Yudakov, X. Izomov, F. Yanov Yanovskiy, X. Azimov, N.Zokirov, A.Nabiyev va boshqalar) kompozitorlari asarlari o’rin olgan. P.Xoliqov, R. Hamroyev, R.Abdullayev, M.Tojiyev va boshqalarning fortepiano kontsertlarining birinchi ijrochisi va targ’ibotchisi. O’zbekiston kompozitorlari fortepiano musiqa festivali tashabbuskori va tashkilotchisi (1974 yildan). Ijro uslubi intellektual omili yetakchiligi, kompozitsion puxtaligi, me’yoriy his-tuyg’ulari bilan ajralib turadi. Ijrolari 2 gramplastinka va O’zbekiston radiosi fonotekasiga yozilgan. As: Kalmikova G., Ofeliya Yusupova, T, 2001.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Sun'iy intellekt javobi:
Yusupova Ofeliya Yunusovna haqida aniq va to‘liq ma’lumot olish uchun qo‘shimcha kontekst yoki batafsil ma’lumot kerak bo‘ladi, chunki ushbu ism bilan bog‘liq keng tarqalgan ma’lumotlar ommaviy manbalarda ko‘p uchramaydi.
Agar siz Yusupova Ofeliya Yunusovna haqida ma'lum bir soha, faoliyat yoki kasb doirasida ma'lumot so‘rayotgan bo‘lsangiz (masalan, ilmiy faoliyati, ish tajribasi, ijodiy yutuqlari va h.k.), iltimos, qo‘shimcha ma’lumot bering. Shu tariqa, sizga aniq va to‘liq yordam bera olishim mumkin bo‘ladi.
Agar umumiy ma’lumot so‘rayotgan bo‘lsangiz, quyidagilarni ta’kidlash mumkin:
Ism va familiya O‘zbekiston yoki qo‘shni hududlarda keng tarqalgan familiya va ism kombinatsiyalariga o‘xshash.
Ofeliya ismi ko‘proq G‘arbiy yoki Yevropa madaniyatida uchraydigan ayol ismi hisoblanadi.
Yunusovna patronimiki "Yunus" ismiga bog‘langan bo‘lib, ota ismining "Yunus" ekanligini bildiradi.
Agar sizda qo‘shimcha savollar yoki aniq ma’lumotlarga ehtiyoj bo‘lsa, iltimos, so‘rashingiz mumkin.
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish