Yusufxon o‘g‘li Qosimxon (Afsonalar vodiysi) masjidi




Yusufxon o‘g‘li Qosimxon jome masjidi  — Namangan viloyati Namangan shahrida 20 ming kvadrat metr joyda qurilgan. Uning hovlisining umumiy maydoni 4 gektarni tashkil etadi. Shundan 2 gektari 700 o‘rinli avtoturargoh uchun mo‘ljallangan. Bir vaqtning o‘zida 15 ming namozxon ibodat qilishi mumkin. Xonaqohning o‘ziga 4,5 ming kishi sig‘adi. Shuningdek, 100 kishiga xizmat qiladigan tahoratxona ham mavjud.

Turkiyalik tajribali arxitektorlar tomonidan yaratilgan loyiha asosida bunyod etilgan. Masjid qurilishi 2017-yilda boshlanib 2021-yilda yakunlangan.



Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu joyda X asrlarda Buyuk ipak yo‘lida katta karvonsaroy bo‘lgan. Uning ichida masjid ham bo‘lgani qayd etilgan. Imom-xatib: Maqsudali Qosimov Musoxon Abbasiddinov

Galereya




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz