Yusuf Yelizarov




Yusuf Ifraimovich Yelizarov - (1920.3.10, Samarqand — 1974.6.3, Toshkent) — rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1965). Surikov nomidagi Moskva rassomlik institutida taʼlim olgan (1944—49). 'Yelizarov Yusuf chuqur psixologik portretlar va koʻp shaklli kompozitsiya ustasi. Portretlar („Paxtakor qiz“, 1949; S. Ayniy, 1951; M. Ashrafiy, „Kabutar ushlab turgan“, 1953; Oʻ. Tansiqboev, 1958; Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati arboblarining guruxportreti, 1958 va boshqa), natyurmortlar („Soʻzanali natyurmort“, 1957), maishiy lavhalar („Paxtakorlar“, „Onalik“, 1957; „Mexanizator qizlar“, 1962) va boshqa asarlar yaratgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz