Yusuf Xos-Hojib ko'chasi
Yusuf Xos-Hojib koʻchasi — Yakkasaroy tumani hududida, Bobur va Afrosiyob koʻchalari oraligʻida joylashgan. Uzunligi 1,5 km atrofida.
Tarixi
XIX asrning ikkinchi yarmida Toshkent shahrining Yangi shahar qismida tashkil topgan. Chor Rossiyasi maʼmuriyati tomonidan dastlab Unglit, soʻng Kasyanovskiy koʻchasi deb yuritilgan. Oʻz davrida Turkiston general-gubernatorligining bogʻiga olib boruvchi asosiy koʻchalardan biri boʻlgan. 1937-yil 13-avgustda Pedagogicheskiy (Pedagogika) nomi berilgan. 1993-yil 13-sentabrdan turkigoʻy shoir va mutafakkir Yusuf Xos-Hojib (1019/21-?) nomi bilan yuritiladi.
Qoʻshimcha maʼlumotlar
Yoʻnalishida Yakkasaroy tumani hokimligi, „Uztransgaz“ kompaniyasi, Toshkent viloyat dorixonalar boshqarmasi, Italiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi, „Qizil xoch“ xalqaro tashkiloti, „Qizil yarim oy“ jamiyati, Toshkent shahar pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Toshkent pedagogika universiteti, Nizomiy maydoni va haykali, Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi, Xalqaro madaniyat karvonsaroyi, „Korzinka“ supermarketi, „Elit“, „Viva“ va „Aziya Discovery“ xususiy mehmonxonalari, „Konstitutsiya“, „Yunus Rajabiy“, „Tepa“ va „Turkiston“ mahallalari, savdo majmualari, shaxsiy turar joy binolari, koʻp qavatli maʼmuriy binolar va boshqalar joylashgan. Yoʻnalishida Rakatboshi , Beshchinor, Maryam Yoqubova, Vosit Vohidov, Zarbogʻ, Konstitutsiya koʻchalari bilan tutashgan.
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org