Yusuf Roziqov




Yusup Sulaymonovich Roziqov (1957-yil 5-iyun, Toshkent) — oʻzbek va rus kinorejissori va ssenariy muallifi. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan san’at arbobi (2001-yilda).

Tarjimai hol



Yusup Roziqov 1957-yil 5-iyunda Toshkent shahrida harbiy xizmatchi oilasida tugʻilgan. Oʻgay otasi - Lev Tevatrosovich Xerunsev, arman, aviasiya uchuvchisi, bort muhandisi edi.

U Oʻrta maktabni tamomlagach, Toshkent Davlat universitetining filologiya fakultetiga oʻqishga kirgan va talabalik mahalida “Oʻzbekfilm” kinostudiyasida chiroq ustasi boʻlib ishlagan. Boʻlajak rejissor 1986-yilda Butunrossiya davlat kinematografiya instituti ssenariy fakultetini (V.K.Chernix qoʻlida ta’lim olgan) tamomlagan. 1983-yilda Moskva yoshlar filmlari festivalida uning ssenariysi asosida suratga olingan “Liftli uydagi zinapoya” filmi (rejissor Aman Qamchibekov) qisqa metrajli film uchun eng yaxshi ssenariy uchun festivalning bosh mukofotini olishga sazovor boʻladi. Roziqov 15 yil davomida Moskvada yashab, "Mosfilm" kinostudiyasida rejissor sifatida faoliyat yuritgan.

Kinorejissor 1999-yil oktyabrdan “Oʻzbekfilm” kinostudiyasi direktori, 2004-yildan — badiiy rahbari boʻlgan.

Yusup Sulaymonovich birinchi oʻzbek seriali “Domla” (1994), “Intizom” seriali (1997) rejissori va ssenariy muallifi sanaladi.

Rejissorlik ishi




Ssenariylik ishi




Mukofotlar va sovrinlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz