YUSUF NAQQOSH



YUSUF NAQQOSH (15-asr oxiri, Hirot — 16-asr 30-yillari, Movarounnahr) —musavvir, Kamoliddin Behzodning shogirdi. Movarounnahrda ustozining an’analarini davom ettirgan. Tarixchi Zayniddin Vosifiy musavvirni “Mavlono Jaloliddin Yusuf” deb zikr etadi, uni “fazilat va Kamolot mujassami, badiiy rasmlar musavviri, latif raqamlar nafis ijodkori”, “naqqoshlik va suratgarlik san’atida Kamolot martabasida erdi”, deb ta’riflaydi. Yusuf naqqosh Keldi Muhammad nomi bilan mashhur bo’lgan Shayboniylar vakili Abulmuzaffar Sulton Muhammad Bahodir saroyida xizmat qilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz