Yusuf Madaminov




Madaminov Yusuf — 1870-yili tug‘ilgan, Yangiariq rayoni Sourzaq qishlog‘idan, sobiq xonning oqsoqollaridan, quloqqa
tortilgan, 1931-yili bosmachilikka ko‘mak bergani uchun 2 yilga qamalgan, muddatni o‘tagan, hibsga olingunga qadar kolxoz a’zosi.
Ruhoniylarning aksilinqilobiy guruhi a’zosi sifatvda kolxozchilar orasida aksilinqilobiy mag‘lubiyatchilik targ‘iboti olib borganlikda, kolxozchilarni go‘sht topshirishdan bosh tortishga chaqirganlikda paxtaga mexanizatsiya yo‘li bilan ishlov berishga qarshi fikr bildirib ruslar bizning xo‘jaligimizni buzib yuborish uchun mashinalarni yubormoqda, ruslar bizlarni ochlikdan o‘lishimizni xohlayaptilar deb aytganlikda ayblangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz