Yusuf Ibn Ayyub




Salohuddin al-Ayyubiy , Salohiddin, Yusuf ibn Ayyub (1138— 1193.4.3, Damashq) — Misr hukmdori (1171 yildan), ayyubiylar sulolasi asoschisi. Kurd qavmidan. Suriya sultoni Nuriddinning salibchilar bilan muvaffaqiyatli kurashgan lashkarboshilaridan biri Ayyub ibn Shodining oʻgʻli. 1164—69 yillarda Misrga qilingan harbiy yurishlarda qatnashgan. 1169-yil Misr vaziri etib, 1171 y. fotimiylar sulolasining soʻnggi xalifasi vafotidan soʻng esa Misrdagi hokimiyatni egallab olib abbosiylar homiyligini tan olgan va ulardan sulton unvonini olgan (1174). Nuriddin vafotidan keyin 1174—86 yillarda uning Suriyadagi yer-mulklarini va Iroqdagi ayrim mayda hokimlarga tegishli yerlarni tobe ettirgan. 1187 y. 3—5 iyulda S. Al-A. qoʻshini salibchilarni Xittin yaqini (Falastin)da tormor qilgan, 1187-yil 2-oktyabrda Quddusni egallagan, soʻngra salibchilarni Suriya va Falastinning katta qismidan quvib chiqargan. S. Al-A.ning ichki siyosati harbiy len tizimi (qarang Iqto)ni rivojlanganligi, soliqlarni birmuncha kamaytirilishi, sunna mazhabi taʼlimotining mustahkamlanishi bilan avvalgi hukmdorlardan farqlanadi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz