Yusuf Faryobiy
Yusuf Faryobiy she'riyati -ruhida shoirning siyrati o'zining shijoati, qat‘iyati va sobit-qadam ekanligi bilan ajralib turadi.
Yusuf Faryobiy Hindistondagi turkiygo'y qalamkashlar salafiasing shubhasiz eng xarakterlisi. Uning g'azallarida
keskin va ba‘zan alamzada ichki bir dardning qalqib turishidan, bunga shoirning shaxsiy xayoti bilan bog'liq muayyan sabablar bordek tuyuladi. Balki shundanmi, u bot-bot «o'zi kabi» muhabbatdan pand eganlar qismatiga achinib, oshiqni «nozaninzodalar»ning asl yuziga parda tortgan ishvasiyu nozu qarashmalariga uchmay, bardosh sinovi soniyalarida ham yigitlik g'ururi pokligiga sodiq qolishga rag'batlantiradi:
Nozaninzodalarning ishvasiga aldanma,
So'zlari, va‘dalari voricha yolondur deydilar.
Ammo shoirning bu qayfiyati uning ko'ngil qushi erkiga rahna solmaydi - o'tkinchi. Axir kim ham, mayli, qachonlardir bo'lsin, sevgi baxtidan bahramand onlarining izsiz yo'qolishini istardi, axir u o'tgan baxtiyor lahzalardan juda bo'lmasa saboq xotiralari qolgan-ku!
Shu bois, Faryobiy quyidagi misralarda ishq ahliga go'yo o'z muhabbati diliga muhrlagan afsusnok saboqlaridan so'zlaydi:«Ma‘shuqaning naqdi jahonga teng dardiyu, jonbaxsh hasratlari evaziga neki qo'lingdan kelsa hech qiyishmay unga marhamatlar qil, bunday iltifotlar ko'rsatishga berilgan imkon uchun yordan yana minnatdor ham bo'l, zero, - deya uqtiradi u, ishqda sarhisobli savdodan topilgan foyda
borki, koni ziyondir!» Va ushbu istakda sevgi fidoiylarini mangu
vafodorlikka chorlovchi satrlar, ayni zamonda, Faryobiy ichki
dunyosining noyob fazilati - kechirimliligi, tantiligidir:
Dardin ol, dardin aning naqdi jahondur deydilar,
Jon verib hasratin ol, hasrati jondur deydilar.
Harna voring veribon yo'qlig'i ol, minnat tut,
Ishq savdolarining sudi ziyondur deidilar.
Yusuf Faryobiy devonlarining ilmiy tavsifi
Forsiy ia turkiy she‘rlar matni aralash tarzda ikki ustun qilib yozilgan.Devondagi turkiy she‘rlar forsiydan farqli o'laroq, surxda «turkiy» so'zi bilan belgilanib qo'yilgan va bundan fors tilidagi she‘rlar tepasiga pala-partish yozilgan «turkiy» so'zi mustasno. Devonda turkiy she‘rlar jami bo'lib 6 ta. Ulardan 4 tasi g'azal va ikkitasi ruboiy janriga tegishli.
Nusxaning 3-sahifasida «Solorjang» muzeyi kutubxonasining muhri bosilgan, oxirgi sahifalardagi dumaloq shaklli iqkinchi muhr esa,qo'lyozma egasiniki bo'lishi kerak.
Nusxadagi ma‘lumotga ko'ra, to'plam 1640 yili ko'chirilgan,kotibi noma‘lum.
uz.wikipedia.org