Yusuf Estes




Yusuf Estes (1944-yil 1-yanvar, Texas ) — amerikalik islomiy olim va daʼvatchi.1991-yilda Xristianlikdan chiqib Islomni qabul qilgan. U 1990-yillarda Qoʻshma Shtatlar qamoqxonalar byurosida musulmon ruhoniysi boʻlib ishlagan va 2000-yil sentabr oyida BMTda boʻlib oʻtgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Diniy yetakchilar uchun Butunjahon tinchlik konferentsiyasida delegat sifatida ishtirok etgan.

Estes turli islomiy tadbirlarga taklif etiladi va asosiy maʼruzachi sifatida ishtirok etadi. Estes 2012-yil 8-avgustda Dubay xalqaro Qur’oni Karim mukofotini topshirish marosimida yilning eng yaxshi musilmon shaxsi deb topildi .

Estes Islom haqida koʻrsatuvlar namoyish qiluvchi bepul Internet va sunʼiy yoʻldosh telekanali Guide US TV asoschisi va rahbari. 2010-yilda Estes Dunyoning 500 ta eng nufuzli musulmonlari roʻyxatiga kiritilgan.

2017-yil noyabrida Estes Singapurning ko‘p irqli va ko‘p dinli jamiyati qadriyatlariga „qarshi“ fikr bildirgani uchun Singapurga kiritilmagan.

Manbalar




Havolalar




Rasmiy sayti

uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz