Yusuf an-Nujoniykasiy
(Abu Muhammad) Yusuf ibn Ali ibn al-Abbos ibn Abu Bakr ibn Solih ibn Jaʼfar ibn Muhammad ibn Solim an-Nujoniykasiy al-Ustrushaniy (hijriy 527-yil (milodiy 1133-yil)da Samarqandda vafot etgan) — Samarqandda yashagan, faqih bo‘lgan. „Masjidu-l-attorin“ degan joyda dars o‘tgan. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar.
Manbalar
uz.wikipedia.org