Yustinas Marsinkyavichyus




Yustinas Moteyaus Marsinkyavichyus (1930.10.3, Vajatkemis qishlogʻi, hozirgi Prenay tumani) — Litva xalq shoiri (1978). Ilk sheʼrlar toʻplami — "Soʻz soʻrayman" (1955). Doston ("Yigirmanchi bahor", 1956; "Qon va kul", 1960; "Devor", 1965) va dramatik dostonlariga ("Mindaugas", 1968; "Ibodatxona", 1971; "Majvidas", 1977) ramziy obrazlilik, falsafiy va ijtimoiy epik problematika xos. "Publitsistik doston" (1963), "Donelaytis" (1964) dostonlari, "Gʻallakor qoʻllar" (1963), "Yogʻoch koʻpriklar" (1966) va boshqa sheʼriy toʻplamlarida litva xalqi hayoti haqidagi oʻylari aks etgan. "Kuluvchan qaragʻay" qissasi (1961) yoshlarga bagʻishlangan. Bolalar uchun bir qanchaasarlar yozgan. "Mindaugas iztirobi" dramatik dostoni (1979) va turkum sheʼrlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Manbalar





uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz