Yusra Mardini
Yusra Mardini 1998-yil 5-martda tug'ulgan.U Suriyalik sobiq suzuvchi bo'lib, Suriya fuqorolik urushi qochqini bo'lgan.U 2016-yilda Rio-deJaneyroda bo'lib o'tgan yozgi Olimpiada o'yinlarida "Muhojirlar Olimpiyasi" sportchilar jamoasi a'zosi bo'lib qatnashgan.U 2017-yil 27-aprelda BMTning Maldini qochqinlar komissarligining "Yaxshi niyat" elchisi sifatida tayinlangan.Shuningdek, u 2020-yil Tokioda bo'lib o'tgan Yozgi Olimpiada o'yinida MUhojir Olimpiya jamoasi tarkibida ishtirok etgan.
Bolaligi
Mardini Damashq chekkasida joylashgan Darayya shahrida yashagan va Suriya Oliy Kengashi yordami bilan suzish bo'yicha ta'lim olgan.U 2012-yilda bo'lib o'tgan Fina suzish bo'yicha jahon chempionatida qatnashib, yakka tartibda 200 metr(25m) va erkin usulda 200 metrga va 400 metrga suzib Iroq davlatini himoya qilgan.
Mardini va uning singlisi Sara 2015-yil avgust oyida Suriyadan qochishga qaror qilishadi. Ular Livan va Turkiyaga yetib kelishadi va 18 nafar boshqa muhohirlarga qo'shilib, 6-7 nafar odamga mo'ljallangan qayiqda Geretsiyaga noqonuniy yo'l orqali yashirincha o'tib ketishga kelishib oladilar.Qochish davomida,qayiqning dvigatili Egey dengizi o'rtasida ishlamay qoladi va suzishni bilgan Sara, Yusra va yana 2kishi 3 soat davomida suvga tushib qayiqni itarib va tortib Lesbos oroliga yetib kelishadi.Keyin ular Yevropa davlatlarini piyoda yurib o'tib,2015-yilda Germaniyaning Berlin shahriga kelib joylashishadi.Uning ota-onasi va kichik singlisi Shaed ham Suriyadan qochib Germaniyaga ko'chib kelishadi.
Suzish karerasi
Mardini Germaniyaga yetib kelgach,Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olish uchun Berlandagi Easserfreunde Sapandau04 jamoasi murabiyi Sven Spannenkresdan tahsil olib, mashg'ulotlarini davom ettira boshlaydi.U erkin suzish turida 200 metrga suzish bo'yicha o'tkazilgan saralashga harakat qiladi.Mardini 2016-yilning iyun oyida EOR uchun saralangan sportchilarning biriga aylanadi.Mardini 2016-yili Rio-de Joneyrada o'tkazilgan Yozgi Olimpiadada 100 metrga erkin suzish va 100 metrga kapalak usulda suzish turida qatnashadi.Rio Olimpiadasida Mardini 100metrga kapalak suzish usulida 4kishi bilan bellashib,1:09,2 daqiqa natija bilan g'alaba qozonadi va 45 ishtirokchi orasidan 41-o'rinni egallaydi.
Xalqaro Olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Bax qochqinlar haqida:" Biz ularga urush va zo'ravonlikdan qochishga majbur bo'lganda ham sportdagi yuksak orzularni ro'yobga chiqarishga yordam beramiz" deb aytadi.
Mardini 2017-yil oktyabrda Under Amour sport brendini ifodalovchi xalqaro sportchilar jamoasiga qabul qilinadi. Under Amour kompaniyasining Yevropadagi boshqaruvchi direktori Kris Beyt Mardini haqida shunday deydi "Biz uning harakatchanligi va yutuqlaridan ham sportchi ham inson sifatida faxrlanamiz".
Mardini 2020-yilda Tokioda bo'lib o'tgan yozgi Olimpiodada ishtirok etib,ochilish marosimida qochqinlar terma jamoasi tarkibida qatnashib, jamoa bayrog'ini ko'tarib chiqadi. U ayollar o'rtasida 100 metrga kapalak usulda suzish bo'yicha bahslashib, qizg'in bahslard 1:06,78 natija bilan qatnashadi va yarimfinal bosqichiga o'tgan eng kuchli 16talik tarkibiga qabul qilinadi.
Saraning Mardini uchun qilgan harakatlari
Germaniyadan siyosiy boshpana olganidan so‘ng Sara Mardini 2016-yil kuzida Lesbos oroliga qaytib keldi. U o‘zi kabi qochqinlarni qo‘llab-quvvatlovchi Gretsiya nodavlat tashkilotiga qutqaruvchi va inson huquqlari faoli sifatida qo‘shildi. 2018-yilning 17-fevralida Sara Mardini va o‘qitilgan qutqaruvchi g‘avvos va xuddi shu nohukumat tashkilotning ko‘ngillisi Shon Binder Gretsiya rasmiylari tomonidan jinoiy tashkilot a’zoligi, odam savdosi, pul yuvish va firibgarlikda ayblangan. Uch oydan ortiq tergov hibsxonasidan so‘ng ular garov evaziga qo‘yib yuborildi va Gretsiyadan Berlinga jo‘nab ketishi mumkin edi. 2021-yil noyabr oyida boʻlib oʻtgan birinchi sud majlisida Lesbosdagi Gretsiya sudi sud jarayonini keyinga qoldirdi va ishni yuqori sudga yubordi.
Ommaviy madaniyat
Mardinining hikoyasi Elena Favilli va Francheska Kavalloning "Isyonchi qizlar uchun xayrli tun hikoyalari" qisqa hikoyalar to'plamida tasvirlangan. Hikoya JM Kuper tomonidan tasvirlangan va hikoya podkast epizodi sifatida chiqarilganda uni amerikalik jurnalist va uzoq masofaga suzuvchi Diana Nyad aytib bergan.Bundan tashqari, irlandiyalik musiqachi Deklan O'Rurk Yusraning hikoyasini eslash uchun "Olimpiyachi" qo'shig'ini yaratgan.
2018-yil 3-mayda uning tarjimai holi “Kapalak: qochqindan olimpiyachiga – mening qutqarish, umid va g‘alaba haqidagi hikoyam” kitobi chop etildi. 2022-yil noyabr oyida Mardiniy hayotidan ilhomlangan va “Suzuvchilar” deb nomlangan biografik film kinoteatrlarda namoyish etildi va oʻsha oyning oxirida Netflix’da tarqatildi. Filmda bosh rollarni Manal Issa, Natali Issa, Ahmad Malek ijro etgan.
Havolalar
uz.wikipedia.org