Yury Logvinenko
Yuriy Anatolyevich Logvinenko (talaffuzi: Yuriy Anatoliyevich Logvinenko) (1988-yil 22-iyulda tugʻilgan) — qozogʻistonlik futbolchi, Qozogʻiston Premyer-ligasida „Aktobe“ jamosida himoyachi ampulasida oʻynaydi. Xalqaro maydonda Qozogʻiston milliy futbol jamoasi sharafini himoya qiladi.
Faoliyati
Klubdagi faoliyati
Aktubinsk (hozirgi Aktobe) shahrida tugʻilgan Logvinenko faoliyatini „Aktobe“ klubida boshlagan va 2016-yilgacha klubda oʻynagan. Himoyachi 2013-yilning avgustida Premyer-ligada eng koʻp oʻyin oʻtkazish boʻyicha klub rekordini oʻrnatgan va Samat Smakovni ortda qoldirib Aktobe futbol jamoasi tarixiga kirgan.
2021-yil 31-yanvarda Logvinenko Rossiya Premyer-ligasi klubi Rotor Volgograd bilan shartnoma imzolash uchun Astanadan Rossiyaga joʻnab ketgan va jamoa bilan shartnoma imzolab rus klubi safiga qoʻshilgan edi. Biroq 2021-yil 22-mart kuni Rotor Logvinenko jarohati sabab jamoani oʻzaro kelishuvga koʻra tark etganini rasmiy eʼlon qilgan.
2021-yilning 5-may kuni „Aktobe“ klubi Logvinenkoning Qozogʻistonga qaytib ular bilan shartnoma imzolashini eʼlon qilgan.
Xalqaro faoliyati
2013-yil oktyabr holatiga koʻra Logvinenko futbol boʻyicha Qozogʻiston milliy terma jamoasi safida yigirmata oʻyinda maydonga tushgan.
Yevro-2016 saralash bosqichida u oʻz uyida Chexiyaga 2:4 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda Qozogʻiston terma jamoasining ikkita goliga ham mualliflik qilib dubl qayd etgan.
Faoliyat statistikasi
Klub
Xalqaro
Xalqaro maydondagi gollari
Yutuqlari
Aktobe — Qozogʻiston Premyer-ligasi (4): 2007, 2008, 2009, 2013
— Qozogʻiston kubogi (1): 2008
— Qozogʻiston Superkubogi (3): 2008, 2010, 2014;
Astana — Qozogʻiston Premyer-ligasi (2): 2016, 2017
— Qozogʻiston kubogi (1): 2016
— Qozogʻiston Superkubogi (1): 2018
Manbalar
uz.wikipedia.org