Yuriyen Timber




Jurriën David Norman Timber (talaffuzi: Yuriyen Timber; 17-iyun 2001-yilda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi, Eredivizionning Ajax klubi va Gollandiya terma jamoasi himoyachisi.

2014-yilda Timber Feyenoorddan „Ajax“ning yoshlar akademiyasiga kelgan. 2020-yil mart oyida birinchi jamoada debyut qilgan va ikkita Erediviziya chempionligi va bir marta KNVB kubogini qoʻlga kiritgan. 2022-yilda Marco van Basten mukofotini qoʻlga kiritdi.

Timber Gollandiya terma jamoasi safida umumiy 29 ta o‘yinda maydonga tushgan. 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoa bilan 2018-yilgi UEFA U-17 Yevropa chempionatida gʻolib chiqqan. 2021-yil iyun oyida milliy terma jamoa safida debyut qilgan.

Klublardagi faoliyati



Ilk faoliyati



Timber toʻrt yoshida Utrechtning DVSU klubida futbol oʻynay boshlagan, olti yoshida Feyenoordning yosh toifadagi jamoasiga qoʻshilgan. 2014-yilda Ajaxga o‘tdi va klubda 2018-yilda o‘zining birinchi professional shartnomasini imzoladi.

Ajax



Timber 2020-yil 7-mart kuni „Ajax“ safida SC Heerenveenga qarshi oʻyinda (3:1) debyut qildi.

„Ajax“dagi ilk golini 2021-yilning 2-may kuni Emmenga qarshi o‘yinda kiritdi. Bu 4:0 hisobidagi yakunlangan oʻyinning birinchi gol edi va ushbu gʻalaba „Ajax“ni 35-marta Erediviziya chempioni bo‘lishini tasdiqladi.

Xalqaro faoliyati



Timber Gollandiyaning 15 yoshgacha, 16 yoshgacha, 17 yoshgacha, 19 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoalarida oʻynagan. UEFA Yevro-2020 musobaqasi uchun Gollandiya terma jamoasi tarkibiga kiritilgan. Jamoadagi debyutini 2021-yil 2-iyun kuni Shotlandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida o‘tkazdi.

Shaxsiy hayoti



Timberning Quinten Timber ismli egizak ukasi bor. Kelib chiqishlari aruba va kurasaodan. Onasi Merilin Arubadan, otasi esa Gollandiya Karib dengizidagi ABC orollarining Kyurasao shahridan. Egizaklarning Shamier, Chris va Dylan ismli uchta akasi ham bor.

Faoliyat statistikasi



Klub



12-noyabr, 2022-yil holatiga koʻra[15]

Xalqaro



3-dekabr, 2022-yil[16]

Yutuqlari



Ajax

Niderlandiya U17

Individual

Manbalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz