Yuriy Vladimirovich Dolgorukiy




Yuriy dolgorukiy , Yuriy Vladimirovich Dolgorukiy (11-asrning 90-yillari oxiri — 1157.15.5) — Suzdal va Kiyev knyazi, Vladimir Monomaxnit 6oʻgʻli (Janubiy Rusdagi ishlarga doimo aralashib turgani uchun Dolgorukiy laqabini vafotidan soʻng ayrim rus yilnomachilari tomonidan olgan). 1120 yil Yu.D. Volga bulgʻorlari ustiga yurish qilgan. RostovSuzdal yeri Monomax tomonidan Yu.D.ga berilgan edi. Uning qarorgohi Suzdalda boʻlgan. Pereyaslavl-Zalessk, Yuryev va boshqalar shaharlarni bino qilgan. Uning hukmronligi davrida, 1147 yil ilk marotaba manbalarda Moskva shahri qayd etilgan, Yu.D. 1156 yil shaharni mustahkamlagan, shu tufayli u Moskvaning asoschisi hisoblanadi. 1954 yil Moskvada haykali oʻrnatilgan.

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz